T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аbdulloh ham ularning bu holatini ko‘rib g‘ayriixtiyoriy tezlashdi.
Tezlashdiyu, «Bizni hech kim quvmayapti-ku!» – degan o‘y ongida «yilt»
etdi.
Uchoqmaydon ari uyasini eslatdi: hech kimning hech kim bilan ishi
y
o‘q, turfa odamlar yukaravachalarini sudrab yuguradi, xitoycha baqir –
chaqirlar quloqqa chalinadi.
Аbdullohning xayolini band etgani insonlarning yuzlari edi.
Barchaning qiyofasi bir xil! Eʼtibor bersangiz, unday emas: kimdir baland,
kimdir pakana; kimdir qorak
o‘z, kimdir qo‘yko‘z, kimdir qirg‘izqovoq; kimdir
yapaloqburun,
kimdir
qirraburun;
birov
ch
o‘zinchoqyuz,
birov
yumaloqbashara; ayrimlar soqoldor, ayrimlar k
o‘sa. Ularni bir xil ko‘rsatgan
umumiy sifat qon
–qonga, zehnu zehniyatga, jonu ruhga, aqlu qalbga
singib,
o‘rnashib ketgan qo‘rquv hamda tobelik mungi edi.
Bu mung ularning
o‘zlaridan yashirin, biroq Аbdulloh kabi hurriyatli
o‘lkadan kelgan har kimga peshvoz chiqadi. Bu mung achchiq tutun kabi
dimoqni achishtiradi. Hammadan ana shu tutun taralib, atrofni qoplagan.
Tiqilinchda
yukaravachasini
baz
o‘r olishi bilan Аbdullohning
qarshisida p
o‘rim kiyingan, yoshi o‘ttiz besh va qirq o‘rtasidagi bir kishi
paydo b
o‘ldi. Ko‘zi qiyiq, jigarrang, yuzi yumaloqtob, soqoli qirtishlangan,
kastim
–shim kiygan bu odamning uyg‘ur ekanligi aniq edi.
– Salom alaykum, xush keldingiz, mehmon! – dedi Аbdullohga
mamnun q
o‘l cho‘zib. – Ismi sharifim Moyimxon Sotim. Uyg‘ur yoshlar
tashkilotining yetakchi faoliman, kommunistik partiya aʼzosiman.
Kommunistman, yaʼni. Partiyamiz rahbari ko‘rsatgan yo‘ldan yurib
bormoqdaman. Sizni kutib olish menga buyurilgan. Siz
– turkiyalik Аbdulloh
Yorqinsiz! Qadim Uy
g‘ur diyoriga xush keldingiz!
Аbdulloh unga peshvoz chiqajak mezbon haqida ogohlantirilgan edi.