T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Demak, shu silliq nazarda tutilgan ekan. Garchi,
Аbdulloh
Moyimxonning xushchaqchaqligidan ensasi qotsa -da, sezdirmadi, chunki
unga bu lutf juda soxta k
o‘rindi.
Moyimxon
tinimsiz
gapirib,
Аbdullohning
diqqatini
boshqa
narsalardan asramoqchiday edi, g
o‘yo: uchoqmaydondan katta, keng,
ammo isqirt k
o‘chaga chiqishdi. Ko‘chaning isqirtligi bo‘shagan yelim
suvidishlar, xaltalarning sochilib yotishi, ariqlarning axlatga t
o‘laligi, ovozini
«vang» qo‘yib tinmayotgan katta –kichik, eski –yangi, rangli –rangsiz
o‘ziyurar ulovlardan chiqayotgan burqsiq tutunlar bilangina emas, bulutli
osmon, nafasni ham, k
o‘krakni ham qisadigan «dim» havo hamda qora –
qura, sariq
–suruq, pakana –novcha, semiz –ozg‘in odamlarning har
qayoqqa olazarak shoshishi bilan ham namoyon edi.
Y
o‘l yoqalarida tund binolari qalashib turibdi, binolarning manglayiga
xitoycha harflar yozilgan harxil peshlavhalar osib tashlangan, quyisida
d
o‘konlar qaynaydi. Аyolu erkak, yoshu qari, bolayu baqra do‘konlarga
kiradi, chiqadi, soqoli
o‘sgan tilanchilar qo‘l cho‘zib bir nima tilanadi, yo‘l
o‘rtasidan qandaydir temir izlar o‘tgan, yo‘lchiroqlar yonadi, o‘chadi.
Moyimxon
Аbdullohni xitoycha rusumli ulovga taklif etdi, ulov
q
o‘zg‘aldi, bir necha daqiqadan so‘ng, diqqinafas va xo‘mraygan ko‘cha
ortda qoldi, uylar siyraklashib y
o‘l yanada kengaygandek bo‘ldi, o‘ydim –
chuqurlar kamayib, ulov ham qoqilmay q
o‘ydi.
– Uchoqmaydonimz shaharning chetrog‘ida joylashgan, sizni
markazga olib ketyapman, markaz madaniyatli, osoyishta. Buyuk Xitoy va
kommunistik siyosatning asl qudratini k
o‘rasiz, bunyodkorligiga guvoh
b
o‘lasiz, – derdi Moyimxon Sotim. – Vatanparvar yoshlarimizning xorijda
o‘qishi – yutug‘imiz. Biz katta rivojlanish yo‘lidamiz. Xitoy Yer yuzini lol
qoldiryapti. Xitoyga kamarbasta uy
g‘ur xalqi, Shinjon o‘lkasi ham buyuk
y
o‘ldan buyuk kelajakka bormoqda. Siz yoshlarimiz ichidan asl iqtidorlarni
saralab olishingizga ishonchim komil!