T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аbdulloh Moyimxonni bosh silkib, maʼqullagandek o‘tirsa -da, zerikib
ketdi. Universitetda
o‘zini bozorga soladigan jipiriq yoshlar bo‘lardi.
Hammaga yaxshi k
o‘rinishni istaydigan bu toifadan Аbdullohning
doim k
o‘ngli aynigan, Moyimxon esa o‘sha yoshlardan ham o‘tib tushdi.
Kommunistlar yi
g‘inida minbarga yopishib olgan vaysaqi notiqlarning
hammasiga xos holat edi bu, ular, odatda, miyasiga payvandlangan
yasama
g‘oyaviy jumlalari bilan boshni og‘ritib yuboradilar. Moyimxon
kommunistik jamiyat qurayotgan siyosatning eng k
o‘p uchraydigan
vakillaridan biri edi. Ular joriy etilgan hamma qonunlarga rioya etadilar,
qayishuvchanligi uchun hamma teshikka si
g‘adilar, qoidalarda axlat yeyish
yozilsa, albatta, ishtaha bilan faqat axlat yeyishadi.
Ularda shaxsiy did mavjud emas: katta rahbarlarga taqlidan
kiyinishadi, masalan, poyabzal va kastim
–shimning rangi, galstukning
k
o‘rinishi, sochni qay tarafga yotqizib tarash kabilarda ham ergashiladi.
Аbdullohga bunday madaniyat yot edi, chunki u kelayotgan o‘lkada
kommunizmning «hayotbaxsh» nafasi yo‘q, dindan erkin bo‘lishdek
«taraqqiyparvar» g‘oyalar Turkiyada ham ustuvor esa -da, dinning fayzi
odamlardagi samimiyatni hamon taʼminlayotgan edi, harqalay.
Moyimxonning vaysashlariga bosh silkisa -da, xayoli boshqa joylarda
yurgan
Аbdulloh yo‘lning qaysidir qismida o‘rgimchak to‘ridek qavatlashgan
k
o‘priklardan o‘tisharkan, «Qoyil!» deb yubordi.
Bundan Moyimxon ilhomlanib ketdi:
– Bu kabi ko‘priklar Buyuk Xitoy qudratidan bir darak, yo‘lboshchisi
kommunistik partiya millatning ijodi! Bunday inshootlarning sano
g‘i yo‘q!
Kommunistlarning bunyodkorligi haqidagi hayajonli qissalardan
Аbdullohning qulog‘i batang bo‘lishi arafasida ulov Urumchi markaziga kirdi.
Mehmon uni tinglash ishtiyoqidan yiroqligini, nihoyat, anglab yetgach,
Moyimxon ham sekin jim b
o‘la qoldi. Markaziy ko‘cha orasta edi, albatta,
har xil ulovlar, mutaharrik yozuvli peshlavhalar, shakl berilgan daraxtlar