T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 ishni
Аllohdan deb biling va taqdir ishiga isyon etmang! Zolimga bosh
egmanglar, bu najotga yetaklaydi. Zolimga yolvorsangiz, xorlikka yuz
tutasizlar. Guvohlik beramanki,
Аllohdan boshqa iloh yo‘q! Va yana
guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi va sallam
Аllohning
bandasi va elchisidir!
Tamom. Zabardast Muso poshshoning joni uzildi. Joni uzilishi
asnosida xonaga sakkiz
o‘g‘il birin –ketin shoshib kirib keldilar. Ular
otalarining boshida k
o‘zda yosh ila turib qoldilar.
– O‘g‘illarim, – dedi ko‘zidagi yoshini artib Zaynab xonim. U, nihoyat,
gapirishga kuch topdi.
– Shunday qayg‘udamanki, tilimga na bir so‘z,
dilimga na bir
o‘y sig‘maydi! Biroq otangizning vasiyatini aytish bo‘ynimdagi
qarz. Otangiz esini y
o‘qotmadi, qo‘rqmadi, talvasaga tushmadi, mardona
turib
o‘limni qarshi oldi, iymon kalimasini aytib, Robbisiga qovushdi. Biroq u
shunday gaplarni vasiyat etdiki, u meni juda hayron qoldirdi...
Zaynab xonim Muso poshshoning har bir s
o‘zini o‘g‘illariga yetkazdi.
O‘g‘illar esa hayratga tushdilar.
– Qanday qilib, otamizni hovliga dafn etamiz? – dedi to‘ng‘ichi. –
Nima uchun qochishimiz kerak? Odamlarga nima uchun qochinglar, deb
aytamiz?
Аxir, bunga asos yo‘q! Undan ko‘ra, otamizning janozalarini eʼlon
qilaylik!
Umardan boshqa hamma shu fikrda edi. Umar hali
o‘smir, undan
hech kim: «Sen nima deysan?» – deb so‘ramadi. Zaynab xonim esa
ikkilanayotgan edi:
– Otangiz vasiyatiga muvofiq ish tutaylik, bolalarim, – dedi. –
Shuncha gapni bekor aytmagandir, axir.
Xonim shunday desa -
da, ovozida qatʼiyat yo‘q edi. Shu payt tabib
keldi. U jasadni tekshirib ko
‘rishini aytdi.
– Kerak emas, – dedi yana katta o‘g‘il. – Otamning tanasini
qiynamaymiz!