T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аbdulloh ikki qo‘li orqada, chopishda davom etdi. Uning miyasi
shan
g‘illar, isitmasi ko‘tarilib, ko‘zi hech narsani ko‘rmay qoldi. Shu
yu
gurishida borib, boshi bilan hibs xonalarini maʼmuriyatdan ajratish uchun
o‘rnatilgan po‘lat panjaraga urilib, orqasiga chalqancha yiqildi, yiqilarkan
boshini changalladi.
Mirshablarning xoxolagani qamoq b
o‘ylab aks –sado berdi. Аbdulloh
shoshib, yana
o‘rnidan turdi. Xitoybashara sekin yurib kelib, baqirdi:
– Devorga o‘gril! Engash!
Аbdulloh devorga yuzini burib, engashdi. O‘rtadagi panjara eshik
ochildi:
– Yur!
Biroz yurishgach, qora temir eshik oldida t
o‘xtashdi. Mirshab eshikni
qiya ochib, xitoychalab ruxsat s
o‘radi, chog‘i, Аbdullohga dedi:
– Ichkari kir!
Аbdulloh hadiksirab, yelkasini qisib ichkariga kirdi. Xona keng edi,
o‘rtada uzun stol, to‘rda bir kishi, stolning ikki yonida uch kishi o‘tirardi.
Аbdulloh ularning qarshisida qo‘lini orqasiga qo‘yib, anglamsiz bir holda
mutelarcha turib qoldi.
– Xitoy fuqarosini urdingiz, boshini yordingiz, qani o‘sha jasorat?
Savol bergan ovoz juda tanish edi,
Аbdulloh ko‘zlariga ishonmay
qoldi.
o‘tirganlarning biri Moyimxon Sotim edi!
– Moyimxon! – Аbdulloh g‘ayritabiiy ovozda hayqirib yubordi.
– Mahbus, o‘zingizni asrang! – Moyimxonning sasi o‘ta jiddiy,
hokimona va siyosiy jarangladi.
– Siz kecha kommunistik partiyani
haqoratladingiz, Islom terrorini esa maqtab, unga daʼvat etdingiz. Bu jinoyat
jazolanishi shart!
Аbdullohning tili tutildi. Kecha aytganlarining badali shu qadar
qimmatmi edi? Umri va joni ila narxlanajak s
o‘zlarni izhor etibmi edi?!