T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Biri gugurt chaqib yubordi: muhtasham hovli, uy alanga ichida qoldi.
Bosqinchilar qah
–qah otib, hovlini tark etdilar. Uy esa gurillab yonar
edi.
Zaynab xonim yert
o‘laga otildi. Yerto‘la ichida olov lang‘illar, tutun
ham burqsib chiqardi. Kelinlar
o‘lik bolalarini quchoqlab, ingrab, mungrab
es
–hushlarini yo‘qotib bo‘ldilar.
«Hozir uy qulab tushadi! Bolalarim yerto‘lada!»
Zaynab xonim butun olamni unutib, alanga atrofida charx urib
yugurardi.
Bir necha daqiqada tomlar quladi, atrofni quyuk chang, qurum, tutun
qopladi, nafas olish, biror narsani k
o‘rish imkonsiz edi.
Zaynab xonim kelinlarini k
o‘chaga sudradi. Uyning yonishiga
maʼnosiz va o‘ta horg‘in qarab o‘tirishdi. Chunki butun olamda ularga
yordam beradigan hech kim qolmadi. Yordam beradigan hamma
o‘lib
yotibdi. K
o‘chalar o‘likka to‘ldi. Аriqlarda qonlar oqdi. Osmonni qora tutun
va murda isini sezgan
o‘laksaxo‘rlar egallab oldi. Muso poshsho
xonadonining beva ayollari liboslari kir, yuzlari qora kuya,
o‘zlari ozurdahol
o‘tirardilar.
«O‘shanda qalbimni ezgan azobning taʼrifi yo‘q, – deydi Zaynab
xonim.
– U og‘riqni boshdan o‘tkazmagan biror zot bila olmasa kerak.
Qanday tirik qoldik
– bilmayman! Аlloh, Аlloh deb faryod chekardimu,
b
o‘g‘zimdan bir sas chiqmasdi. Miyamda biror fikr, qalbimda biror tuyg‘u
qolmadi, g
o‘yo. Аqlim hodisotlarni miyamga muhrlashdan to‘xtamaganini
bilaman... Ehtimol, hamon tirikligim Robbimning bir hikmati va rahmatidir».
Zaynab xonim kuch topib,
o‘rnidan turdi. Yer bilan yakson bo‘lgan
hovlisiga qarab talpindi. Yert
o‘lani topmoqchi edi. Biroq olov hamon
haroratli, tafti terini kuydirgulik edi. Biroq ayolni bu t
o‘xtata olmadi. U issiqqa
ham, kuyayotgan q
o‘llariga ham, achimsiq tutunga ham parvo etmay
olazarak qarab, yert
o‘lani izlayotgan edi...