T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Umar jiyanlarini quchoqladi. Zaynab xonim devorni paypaslab,
qandaydir
g‘ishtni bor kuchi bilan itardi, yerto‘laning pishiq g‘ishtli sharqiy
devori odam si
g‘ar darajada qiya ochildi.
– Kiringlar! Umar, jiyanlaringni olib kir! – dedi shoshib. Umar ikki
g
o‘dak jiyanini ko‘tarib ichkariga qo‘ydi. Ular esa qorong‘udan qo‘rqib,
yi
g‘lay boshladi. Qolgan nevaralarini Umarga uzatishga ulgurmay
yert
o‘laning tashqi eshigi qarsillab ochildi. Bosqinchilar qulfni sindirganlari
aniq. Zinalardan oyoq tovushi va «Qaerdasanlar, itvachchalar!» degan
b
o‘kirik eshitildi. Zaynab xonim boshqa chorasi qolmaganini bildi: qiya
devorni yopdi. Umar: «Ona! Ona!» – dediyu, biroq endi ichkaridan
chiqolmasdi.
Keyinroq Zaynab xonim bu sovuqqonlikni qanday topganiga
o‘zi ko‘p
ajablandi.
Kenja
o‘g‘li va ikki nevarasini yashirishga ulgurdi, o‘n uch nevarasi
esa qaltirab
–qaqshab turishardi. Sharqiy devor zichlashib yopilishi bilan,
yert
o‘laning eshigi ichkariga quladi: zinadan niqoblangan to‘rt barzangi
avtomat bilan tushib keldi. Ular yert
o‘lada nevaralarini quchoqlab turgan
yoshi ulu
g‘ ayolni ko‘rishdi.
– Ey kampir! Tepaga chiq! – dedi ulardan biri. Zaynab xonim o‘ziga
o‘qtalingan avtomat uchiga xotirjam boqdi -da, ikki nevarasini dast ko‘tarib,
qolganlariga dedi:
– Men bilan yuringlar! Qo‘rqmanglar!
Hovlida ayollar tiz ch
o‘kib, yig‘lab o‘tirishardi, Muso poshshoning
jasada tobutdan olinibdi, yetti
o‘g‘lining o‘ligi bilan birga terib qo‘yilibdi.
Zaynab xonim endi chiday olmadi:
– Аllohim, zolimlarga kifoya et! – deb hayqirib yubordi.
– O‘chir ovozingni, kampir! – bosqinchilardan bir xonimning bo‘yniga
avtomatning q
o‘ndog‘i bilan turtdi, ayol munkidi, lekin yiqilmadi, qo‘lidagi
bolalarni ham tushirib yubormadi. Biroq vahshiylar tortib olishdi, xonimning