T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 U paytlari biz juda muhtasham uyda yashardik. Umarning yetti akasi,
ikki opasi bor edi. Nevaralarim qucho
g‘imda, kelinlar xizmatimda edi. U
paytlar oftob boshqacha porlab, oqshomlar
o‘zgacha tarovat kasb etardi.
Kunlardan bir kuni Muso poshsho uyga har kungidan erta qaytdi. Biz endi
peshin namozini
o‘qib bo‘lgandik...
G
o‘yo bir shamol yeldiyu, Zaynab xonimning xotira kitobini varaqladi.
Balki, bu varaqlarni k
o‘tarib, har yoqqa sochdi. Xonim erining o‘sha qayg‘uli
kundagi holatini hozirgidek yaqqol eslaydi.
Muso poshshoning rangi oqargan, peshonasidan reza
–reza ter
oqardi. Baz
o‘r o‘z o‘rniga yotdi -da, tepasida unga xavotir –la qarab turgan
ayoliga dedi:
– Xonim, menga suiqasd qildilar, Sen aqlli, esli xotinsan. Dod –voy
solib, faryod urganing befoyda. Xorvatiyada emas, Bosniyada emas,
Belgradda emas, butun Bolqonda ulkan fitna olovini yoqmoqdalar, xonim!
– Poshshom, – qo‘rqib ketdi Zaynab. – Qanday fitna? Bu nima
deganingiz? Sizga kim qasd qiladi?
– O‘g‘illarimizga odam yubordim. Tabib ham chorlatdim. Biroq ular
yetib kelishganida tirik b
o‘lamanmi, yo‘qmi, bilmayman. Xonim, men qon
isini sezmoqdaman. Minglab begunohlar qiriladi, bir millatni qiradilar.
– Yo Аlloh! – deb yubordi Zaynab xonim. – Millatni qiradilar! Kimni
o‘ldirishadi? Nima uchun?
– Xonim, safar tadorigini ko‘r. Bolalarga eʼtiborli bo‘linglar, ayniqsa,
o‘g‘il bolalarga! Men o‘lishim bilan janozamni o‘qinglar va hovliga
k
o‘minglar! Hammangiz keting! Odamlarga aytinglar, ketishsin! Jonlarini
saqlasinlar!
Zaynab xonim karaxt edi. Eri alahlayotgandek gapirmoqda.
– Аlahlamayapman! – dedi Muso poshsho xuddi xotinining fikrini
o‘qigandek. – Va eng muhimini yodda tutinglar! Hamisha Аllohning zikrida
b
o‘ling. Har qanday holda ham ibodatni unutmang! Boshingizga kelajak har