T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Nonushtadan s
o‘ng, ko‘tarmada pastga tushdi.
Odam siyrak. K
o‘pchilik uxlayapti, shekilli. Аbdulloh yumshoq
o‘rindiqlardan biriga o‘tirdi, stolga tashlab qo‘yilgan gazetalardan birini oldi:
ham uy
g‘urcha, ham xitoycha. Birinchi sahifasida qirmizi sahnda Xitoy raisi
savlat t
o‘kib turibdi, yonida daftarcha changallab, boshi egilgan bir necha
kishi, xuddi eng muhim ishlari raisning nutqini yozib olishdan iboratdek
turishibdi.
Аbdullohga bu erish tuyulishi kerak edi, biroq Urumchi havosi
uning
o‘pkasiga kirib, qoniga singib ulgurgani uchunmi, negadir
ajablanmadi. G
o‘yo shunday bo‘lishi kerak, degan axborot uning miyasiga
avvaldan quyib q
o‘yilgan edi.
Tuyqus bir chinqiriqdan
Аbdullohning hushi boshidan uchib, sakrab
ketdi: maʼmuriyat oldida bir xitoylik yosh xizmatchini tepib, baqirar edi.
Аbdulloh hayron qoldi, xizmatchiga biror tepki qattiq tegdi, shekilli,
bukchayib hiqillab qoldi.
Аbdulloh ularning oldiga yugurdi. Xitoyi odam
yerda yotganning yuzini majaqlamoqchidek oyo
g‘ini ko‘targan edi, Аbdulloh
uni itarib yubordi.
Sahnda odam siyrak edi, biroq k
o‘pchilik bu holga indamayotgandilar.
Аbdullohning himoyaga otilgani bir necha soniyada ro‘y berib, hamma qotib
qoldi.
Kutilmagan turtkidan yiqilgan xitoyi
o‘rnidan turib, hezlanib keldi -da,
Аbdullohning jag‘iga musht soldi.
Аbdullohning ko‘zidan o‘t chaqnadi, g‘azabi miyasini qaynatdi, endi u
ham
o‘zini ushlay olmadi, bor kuchi bilan xitoyining iyagiga musht urdi.
Xitoyi «g‘iyq» deb ovoz chiqardiyu, yerga yiqildi, yiqilarkan, boshi devor
qirrasiga tushib, yorildi, bir zumda qon oqdi.
Mehmonxonada qiyomat q
o‘pgandek shovqin ko‘tarildi, politsiya yetib
keldi, kirish -
chiqish eshiklari qatʼiyan yopildi.
Kaltak yegan xizmatchining murdadek oppoq edi, xitoyini «Tez
yordam» olib ketdi, Аbdullohning qo‘liga kishan solishdi.