T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Kelganlarga navbatchi maʼmurlar jilmayadi, kalit uzatishadi, maslahat
berishadi.
– Beshinchi qavatdagi yigirma birinchi maxsus xona oldindan
buyurilgan,
– dedi Moyimxon maʼmurlardan biriga.
– Xush kelibsiz! – dedi jilmaygancha maʼmur ham uyg‘urchalab va
kompyuter oynasiga qarab, buyurtmani topdi.
– Ha, mana, 521 –xona,
Turkiya vatandoshi
Аbdulloh Yorqin uchun band etilgan. Marhamat, kalitni
oling!
Kalitni olib, k
o‘tarmada beshinchi qavatga ko‘tarildilar.
Xona shinam, derazalari shimolga qaragan, hamma sharoit muhayyo.
– Yoqimli hordiq! – dedi Moyimxon iltifot ila. – Mana bu telefon
raqamim, zarurat tu
g‘ilsa, tezda qo‘ng‘iroq qiling! Ertalab soat to‘qqizda
sizni birinchi qavatda kutaman. Soat
o‘nda tadbirga boramiz. Safaringiz
dasturini ham
o‘shanda beraman. Oqshomingiz xayrli o‘tsin!
Moyimxon ketdi.
Аbdulloh juda toliqqanini bildi. Boshi ichiga ari kirib
olganday,
g‘uvillaydi.
Pardani ochdi: shaharning qovo
g‘i soliq qiyofasi namoyon bo‘ldi.
Quyosh kunbotarga oqqan.
Аbdulloh telefon raqamlarini terdi va go‘shakka dedi:
– Meni Istanbulga ulang, – so‘ng uyining raqamlarini aytdi. Ikki marta
chaqiruv sasidan keyin kimdir g
o‘shakni oldi. – Аssalom alaykum!
Nariga tomondan otasining tovushi keldi:
– Va alaykum assalom. Аbdulloh, senmisan, o‘g‘lim?
– Ha, ota, Аbdullohman, Urumchidaman. Yaxshi mehmonxonaga
joylashtirishdi. Hammasi yaxshi, alhamdulillah.
Ota
–bola biroz gaplashishgach, xayrlashdilar.
... Ertalab
Аbdulloh bomdodga uxlab qoldi. Uyg‘onganida kun yoyilib
ketgan edi. Shoshib, tahorat oldi, fajrni ado etdi. Biroq k
o‘ngli g‘ashlik
changalida edi.