T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
taʼziyachilar, hamdardlarning
qadami uzilmaydi, butun shahar Muso
poshshoning janozasiga yi
g‘ilib kelayotgan edi.
Bomdoddan s
o‘ng, tobutni ko‘chaga chiqarib, qibla tarafga qaratib
q
o‘yishdi.
Odam k
o‘pligidan
igna otsang, yerga tushmaydi. Hukumat odamlari,
politsiya har yer, har yerda k
o‘rinadi. Quyosh mashriqdan qon kabi qizarib,
k
o‘tarilayotganda imom janoza o‘qish uchun saflarni tekislashni buyurdi.
Qisqa maʼruza ila marhum yaxshi sifatlar ila yodga olindi, so‘ng
janozaning birinchi takbiri uchun q
o‘llar ko‘tarildi, ayni shu lahza kunchiqar
va kunbotardan ikkita parrakli uchoq
paydo b
o‘ldi va olomon ustiga tobora
yaqinlab kelaverdi. Janozaning uchinchi takbirida odamlar namozni unutib,
osmonga qaradilar, parrakli uchoqdan ular ustiga
o‘q yog‘ildi. Bu hech kim
kutmaganda sodir b
o‘ldi, chalg‘i o‘rgan g‘alladek hamma yerga yiqila
boshladi, odamlar tutdek t
o‘kildi, qochish imkonsiz edi: o‘liklar ayqash –
uyqash
yerda yotar,
o‘q esa to‘xtay demaydi, olomon birini bir bosib
dovdiraydi, nihoyat qiy
–chuv ko‘tarildi. Parrakli uchoqlar o‘n daqiqada
k
o‘chani qonga to‘ldirib, yerga qo‘ndi, ichidan niqoblangan barzangilar otilib
tushib, insonlarni beayov
o‘ldirishda davom etdilar.
Vahshiylar
ichidan biri
o‘z soqchilari bilan Muso poshshoning
hovlisiga yurdi, darvoza tagida poshshoning yetti
o‘g‘li qonga belanib,
jonsiz yotardi.
Ichki hovlida
hamma dahshatga tushgan edi, Zaynab xonim erining
vasiyatini endi tushundi. U bosqinchilar uyga kirib kel
ishlarini bildi, taʼziyaga
kelgan ayollarni va kelinlarini yi
g‘ib dedi:
– Hozir shovqin –surondan bizga naf yo‘q, qizlarim, mardona bo‘ling!
O‘g‘illaringizni berkiting! Muso poshshoning amri shunday edi!
O‘q ovozlari yaqinroqdan eshitildi. Zaynab xonim rangi oqarib
titrayotgan Umarni va
o‘g‘il nevaralarini uy ostidagi yerto‘laga olib tushdi.
– Nima bo‘lsa, joyingizdan jilmang!