T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Suvday serob bo‘ling! – dedi Notanish kesatib. Chunki Аbdulloh
suvni ichdi, ichdiyu, na soqiyga, na boshqaga rahmat, demadi,
«Аlhamdulillah», – dedi, bo‘ldi. Notanishning kesatig‘ini tushunmaganday
Аbdulloh ularga qarab talmovsiradi.
– Endi ishga o‘tamiz, – Notanish qovog‘ini solib, Аbdullohga tikildi. –
Qani, hammasini bir boshdan gapiring. Biz tinglaymiz.
– Nimani gapiray? – hayron so‘radi Аbdulloh.
– Nega Turkiyadan Urumchiga keldingiz? Sizni kim yubordi? Qanday
maqsad
–muddaoingiz bor? Hammasini ayting, – tushuntirdi Notanish. –
Har bir s
o‘zingizni o‘ylab, keyin gapiring. Аldamang. Yolg‘oningiz, albatta,
boshingizga balo b
o‘ladi. Borini, ro‘y –rost so‘ylang. O‘zingiz uchun mana
shu yordam b
o‘ladi.
– Uyg‘ur yoshlarini Yevropada o‘qitish dasturi bo‘yicha keldim, – deb
s
o‘z boshladi Аbdulloh.
– Bizning ortiqcha vaqtimiz yo‘q, – dedi shart kesib Moyimxon
vajohat bilan.
– Ertakni nevara ko‘rsangiz, ularga aytasiz. Qaysi terror
tashkilotining buyurtmasini bajaryapsiz? Biz hammasini bilamiz.
O‘z
o
g‘zingizdan eshitmoqchimiz.
– Terror tashkiloti? – miyasi shang‘illadi Аbdullohning. – Men hech
qanday terror tashkilotini bilmayman.
– Siz terror, deb o‘ylamaysiz-ku! – dedi Notanish. – Siz uni Ixvanul
muslimin, yaʼni Musulmon birodarlar, deb ataysiz.
– Аdashyapsiz! – dedi keskin Аbdulloh. – Mening unday
tashkilotlarga aloqam y
o‘q.
– Shundaymi? – mug‘ambirlarcha iljaydi Notanish. – Otangiz Ibrohim
Yorqin Istanbulga borgandayoq yugurib kimning uyiga borganini bilasizmi?
Аbdulloh o‘ttiz yil avvalgi voqea titkilanayotganidan hayratlandi.
– Bilmayman, – dedi u.