T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 b
o‘lurmi?! Nadomatlar bo‘lsinki, insoniyatning aksari o‘zgalarning iztirobi,
o‘limi va fojiasidan zarra qadar g‘am chekmay qo‘ydi. Nahot, qalblar o‘lib,
ruhlar s
o‘ndi? Nahotki, odamiylik unutildi?!
Аnjelina bu ehtiros uning ichida ilk bor to‘lqinlanganini keyinchalik
eslaydi. U odamzod chekayotgan mung, eʼtiqodi, dini uchun azobga
mahkum etilganlar, tili, irqi va fikri uchun qata
g‘on bo‘lganlarning o‘nlab,
yuzlab misollari bilan yuzlashgach, betoqat holga tushdi.
Аyniqsa, zulm
qarshisida befarq qaraydigan toifalardan k
o‘p ajablandi, o‘zi ham ularning
ichida ekanligidan q
o‘rqib ketdi. Yangi tuyg‘ular uning fitratan toza qalbini
Haqiqat sari boshlayotgan edi. Hali chinakam Haqiqatga uchrashmoq
uchun uzoq y
o‘lni bosib o‘tmoq lozim. Zaynab xonim hikoyasi Haqiqatning
zaif, biroq uy
g‘otishga qodir sasi edi, aslida. Аnjelina duch keladigan, o‘zi
ham ishtirokchi b
o‘ladigan yurakni tirnovchi hodisotlarni mavridi bilan
o‘qiymiz, hozir esa Zaynab xonimning holatiga nazar solaylik.
...Qonli hodisa xabari shamoldek butun dunyo b
o‘ylab yeldi. Shu kun
kech b
o‘lmay har tarafdan yordam kela boshladi. Televideniya, radio, qirg‘in
tafsilotlarini eʼlon qildi, aybdorlarni topib jazolash talab etila boshlandi.
Zaynab xonim esa bulardan xabarsiz, uning bu xabarlarni bilishga ham
xohishi y
o‘q. Vayronaga aylangan xonadoni uzra polaponidan ayrilgan
burgutdek charx urdi, k
o‘makka kelgan harbiylarga yerto‘laning joyini
k
o‘rsatdi.
U yerda odam borligi aytilgach, bir necha
o‘n kishi ishga kirishdi.
Yarim soatlarda yert
o‘la ochildi, behush yotgan o‘smir va bolakayni ko‘tarib
chiqdilar...
Shu tundayoq butun Bolqon yi
g‘i va o‘q ovozlariga to‘ldi. Ko‘miladigan
murdalarning sano
g‘i ko‘rinmasdi. Qarindoshi, yoru birodari o‘ldirilgan har
kim qasos
o‘tida yonardi. Voqeaning asl sabablari haqida tahlilchilar,
siyosatchilar tinimsiz gapirishdi. Muso poshsho bolalariga, xotiniga quyidagi
voqeani aytib ulgurmagan edi: Oxirgi bir yilda onda
–sonda har xil qotilliklar