T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 buklanib kirib, devorga urildi. Zarba kutmagan Naynov va Olifta bir on
ajabsinib qoldilar va birvarakayiga
Аbdullohning ustiga shoqoldek chiyillab
otildilar. Ularga qarshi oyoqda turish ham mumkin emasdi,
Аbdulloh yana
yiqildi, tepki va kaltak avvalgidan ikki karra k
o‘paydi, urayotganlar hansirab
qolishdi.
Bu safar
Аbdulloh hushini yo‘qotmadi, tanasi qattiq og‘risa -da,
devorga suyanib oyoqqa qalqdi.
Аydar qornini changallab o‘tirardi, u
hoziroq
Аbdullohning jonini olishga shay ediyu, tepki zarbi favqulodda
kuchli b
o‘lib, uni behol qilib qo‘ygan edi.
Аbdullohning oyoqqa turayotganini ko‘rib, biroz kuch to‘plab olgan
Naynov va Olifta yana hujumga hozirlandilar. Shu payt eshik sharaqlab
ochildi va buyruq yangradi:
– Hamma tashqariga! Tekshiruv!
O‘N BEShINChI BOB
Zaynab xonim
o‘z oilasidagi erlarning qatli haqida gapirarkan,
nuroniy chehrasiga qay
g‘u buluti soya soldi. Bu soya Аnjelinaning ham
qalbiga k
o‘chib o‘tdi. Nohaq qonlari to‘kilgan maqtullar ahliga hamdardu
ularni kiprik qoqmay qirgan va xonadonlarni kuydirib, xonumonlar kulini
k
o‘kka sovurganlar qarshisida qasoskor bo‘lib qoldi beixtiyor. Keksa
xonimning hikoyasi ularni
o‘tmishning qonli hududlariga yetakladi. Аnjelina
bu voqea tafsilotini matbuotda
o‘qigan edi, marhumlarga qalbida rahmu
shafqat uy
g‘ongan edi, sakkiz ming qurolsiz insonning shunchaki o‘ldirib
yuborilishidan, bugun anglab yetdiki, yetarlicha larzaga tushmagan ekan.
Аxir, begunohlarning jonini olib, qonini to‘kib, ularning ayollariga zulm
qilishdan ulkanrok qabohat bormi? Bu qabohat haqida eshitib, bilib,
hamdard b
o‘lmaslik insofdanmi? Hamdard bo‘lsa -da, ul bechoralar
himoyasi uchun bir s
o‘z aytishga-da qodir bo‘lmaslikdan kattaroq noinsoflik