T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
Mahbuslar birma-bir turib, xojatga chiqishdi, yuvinishdi...
Аbdulloh ham qiynala –qiynala tepadan pastga tushdi, bo‘shandi,
yuvindi, keyin
o‘ziga baqrayib o‘tirganlar qarshisiga keldi. Ular uch kishi edi:
birinchisi pakana, qoshi qalin, oqargan, tepakal, d
o‘rdoq lab, manglayining
chap yoni tirtiqli; ikkinchisi b
o‘yi baland, ozg‘in, yonog‘i yong‘oqdek turtib
chiqqan, aftini ch
o‘tir bosgan, yelkasi tor, boshi va iyagi uch burchakni
yodga soladi, umuman, turqi konus shaklida edi; uchinchisi esa yoshroq
yigit, yuzi oq, qosh-k
o‘zi kelishgan, o‘zi ham barvasta, biroq nigohida
qandaydir beshafqatlik va behayolik ufuradi.
– Menga qara, – deb pakana gap boshladi. – Seni bilamiz,
terroristsan, bizni tanib ol: meni
Аydar killer, deyishadi. Ellik yetti kishini
s
o‘yganman, davlat bor –yo‘g‘i yigirma uchtasini biladi, qisqasi, men bilan
hazillashga, gapimni ikki qilma, shu kameraning egasi menman. Manavi
shunchaki, Naynov. Ismi ham shu, laqabi ham shu. Bu Olifta tirriq. Sen
meni
Аydar og‘a, deb, bularni esa Naynov og‘a, Olifta og‘a, deb
chaqirasan. Kameraning qoidalarini bilib ol: Xudo, pay
g‘ambar deyish
mumkinmas, duo, namoz taʼqiqlanadi. Pichirlab duo qilsang yo ishora bilan
namoz
o‘qisang, o‘zingdan ko‘r! Tahorat olib yurma! Yuzingni ham,
o
g‘zingni ham, qo‘lingni ham bir marta yuvishga ruxsat.
K
o‘tingni esa umuman yuvish yo‘q. Qog‘ozga artasan. Ovqatni chap
q
o‘lda yeysan! Yuziga fotiha tortsang, ikki qo‘lingni sindiraman, qanday
tushunding?
Аbdulloh Аydarning gapini jim eshitdi, ichidan zil ketsa -da, o‘zini
bosdi, titro
g‘ini yengib dedi:
– Umuman tushunmadim!
Аydarning ko‘zi kosasidan chiqqudek bo‘ldi:
– Tushunmadingmi!
Q
o‘lini musht qilib, Аbdullohning yuziga urmoqchi edi, Аbdulloh
chaqqonlik qilib oyo
g‘ini ko‘tarib, uning qorniga tepdi. Аydar o‘rinning ichiga
|