T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Men tanigan Shermuhammadbey ibodatg
o‘y qariya edi, xolos. Undan
hech kimga, biror davlatga, ayniqsa, Xitoy kabi katta davlatga ziyon yetishi
mumkin emasdi.
Аbdulloh gapini tugatib, suvdan ho‘pladi. Uning gapini diqqat bilan
eshitgan ikki xitoyi ham bir
–biriga nimadir deyishdi, keyin Notanish savol
berishdi.
– Аbdulloh Yorqin, – dedi Notanish ularning savolini tushunib olgach.
– Siz o‘z ota –bobolaringizni bilasizmi?
– Ha, – dedi Аbdulloh. – Otam Ibrohim, bobom Xolid, katta bobom
Qilichbek, undan kattasi ham Ibrohim.
– Bizni zeriktiryapsiz, do‘stim, – dedi Notanish. – Nega faxrlanib
Xolid mujohid, Qilichbek mujohid, demayapsiz? Bobolaringiz s
o‘nggi tomchi
qoni qolgunicha buyuk Xitoy davlatiga qarshi urushganini yashiryapsizmi?
Аmir Yoqubbek, marshal Аlixonto‘raning askarlari edilar-ku ular! Buni
bilmayman, deb bizni ishontirmoqchimisiz?
– Buni bilaman, albatta, – dedi Аbdulloh.
– Nega u holda yashirmoqdasiz, Аbdulloh bey? – so‘radi Notanish. –
Q
o‘rqyapsizmi?
– Qo‘rqmayman! – tuyqus Аbdullohning ichidagi qo‘rquv tag –tugi
bilan q
o‘porilib, g‘oyib bo‘ldi. – Qo‘rqmayman, Аlhamdulillah. Bobolarim
xitoy
mustabidiga,
xitoy
bosqinchilariga
qarshi
urushdilar.
Xitoy
bosqinchilarining boshini uzishdi, yuragini su
g‘urishdi. Ming afsuski, biz
noshud avlod b
o‘ldik! O‘z yurtimizdan qochdik, yovuz dushmanga Vatanni
qoldirdik.
O‘z o‘lkamizga qadam qo‘ya olmayapmiz. O‘z diyorimizda
qullarga aylandik. Imkonim b
o‘lsa edi, sizlar o‘lgudek qo‘rqadigan
terrorchilar ichida bo
‘lardim! Ming afsus, unday emas!
Аbdulloh bu gaplarni aytarkan, qizishib ketdi, yuzi qizarib, bo‘yin
tomirlari b
o‘rtdi. Dong qotish navbati tergovchilarga kelgan edi.