T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
k
o‘proq qon to‘kishadi va tag‘in mening oldimda qaram bo‘lib qolishadi. Siz 
esa buni k
o‘ra olmaysiz, bir soatdan so‘ng o‘lasiz, chunki suv ichgan 
finjoningizni zaharlatib q
o‘ygandim.
Muso poshsho oyoqlaridan madori qochib, isitmasi k
o‘tarilganini, 
terlayotganini sezayotgan edi. Bor kuchini t
o‘plab, dedi: 
– Ey shaytonning quli! Ehtimol, sen aytgandek bo‘lar, sen iblis 
minglab odamlarni vasvasa etib, qonlar oqizarsan, 
Аlloh nomi ila qasam 
ichamanki, albatta, bu qon ichida 
o‘zing cho‘kib o‘lasan. Har bir zulm uchun 
ham, har bir adolat uchun ham 
Аllohning hisobi bor. Sen dunyoda hadsiz 
xorlik changalida 
o‘lasan, qiyomatda jahannamda abadiy yonajaksan! 
Muso poshsho quvvatini jamlab, tashqariga chiqib, eshikni qarsillatib 
yopdi va tez-tez qadam bosib darvozadan chiqdi, ulovga yetib borib, 
o‘tirdi, 
haydovchisiga buyurdi: 
– Eng katta tezlik bilan uyimga hayda! 
Аrchibald Muso poshshoning yuzida ajal belgilarini ko‘rdi, biroq 
raqibining oxirgi gaplari uni muvozanatdan chiqardi. Garchi, u har qanday 
diniy eʼtiqodga kufr keltirib yashasa -da, Muso poshshoning dunyodagi 
xorlik va jahannamdagi abadiy azob haqidagi tahdidi uni q
o‘rqitib yubordi. 
«Yo‘q, hammasi yolg‘on! Din – vasvasa, dindorlar gallitsyunatsiyadagi 
tentaklar-ku! 
– dedi ichida. – Аmmo aytayotganlari rost bo‘lsa-chi! Mumkin 
emas, yol
g‘on! Basharti, rost bo‘lsa ham, bizni gunohkor, deb do‘zaxga 
qarshi urush eʼlon qilaman!» Аrchibald o‘zini shunday deb ovutgan bo‘ldi -
da, baqirdi: 
– Viski keltiringlar menga! 
Muso poshsho uyiga kelgani, xotini Zaynab xonimga nimalarni 
aytishga ulgurgani kitobxonga maʼlum. Zaynab xonim esa qirg‘indan keyin 
behush 
o‘g‘li Umar va nevarasini yerto‘ladan chiqarib olgach, suv purkab 
hushiga keltirdi. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin