T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 s
o‘ramoqlik darkor. Zotan, musibatlar bir tig‘, u kesgan joyning chandig‘i,
albatta, saqlanadi.
Аnjelina Zaynab xonim suhbatidan so‘ng chindan parishon bo‘ldi. U
o‘zi turgan bu yashil maskan, suhbatlashayotgani odamlarning tarixida bu
qadar ulkan fojialar borligidan bir hayrat barobarida q
o‘rquvga tushib yuragi
orqaga tortsa, shuncha y
o‘qotish va iztiroblardan keyin ham qaddini tik
tutib, ibodat t
o‘la nurli hayotini Robbisiga shukrona ila kechirayotganlaridan
ularga ehtiromi k
o‘payardi.
– Kelinlaringiz taqdiri qanday kechdi? – deb so‘radi Аnjelina.
– Kelinlarimni uzatdim, – dedi Zaynab xonim. – Yo‘q deyishlariga
q
o‘ymadim. Аyolning dini oldidagi burchi o‘lgan eri va bolalariga motam
tutib, umrini isrof qilish emas, balki, solih bir musulmonga, xoh birinchi, xoh
ikkinchi xotin sifatida turmushga chiqib, farzand dunyoga keltirib,
tarbiyalashdir, Islom uchun yetuk musulmonni kamol toptirishdir. Men
shunday tushunaman. Shaytoniy tuy
g‘ularga, tushkunlikka aldanib, o‘zini
jabrdiyda k
o‘rsatib yashaydigan ayollarning kuchli bo‘lishlarini istardim.
Bunday kuchning manbai esa Islomdir, sof Iymondir.
Аnjelina uchun bu yangi mezon edi. U o‘qigan falsafa kitoblari o‘zing
uchun yasha, deb uqtiradi. Zaynab xonim esa boshqa bir hadafni, umr va
jonni baxshida etishga arziydigan Yuksaklikni k
o‘rsatayotir. Xonim Аnjelina
uchun mavhum bir ruhoniy mulkning malikasi
o‘laroq tuyuldi; bu malika o‘z
mulkida zerikmayapti, shikoyat etmayapti, u halovatda, taʼrifga sig‘mas
sakinatning taxtida ulu
g‘vor yashamoqda. Аnjelina aynan ana shu ruhoniy
mulkka mansub b
o‘lishni istay boshladi.
U ishiga qaytdi, loyihadagi fil
ьm suratga olindi, namoyish etildi.
Аnjelina yana jo‘shqin hayot bag‘riga kirdi. Zaynab xonim suhbatining taʼsiri
xiralashdi. Biroq
Аnjelina xiyonatga, qayg‘uga duch kelganida Zaynab
xonimni, uning gaplarini beixtiyor eslardi. Bir necha fil
ьmlardan keyin
galdagi loyiha
Аnjelinada o‘zgacha ishtiyoq uyg‘otdi. Bu O‘rta Osiyodan