T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аbdulloh kalovlanib qoldi. Chunki mirshabboshi savolni azbaroyi
g‘amxo‘rlikdan emas, mazax qilish maqsadida berayotgani uning aftidan,
ovoz ohangidan maʼlum. Kameradagi olishuvni aytishdan qanday naf?
Ularning
o‘ziga hammasi ayon-ku!
– Yangi mahbus yiqilib tushgan, – dedi Аydar.
Mirshabboshi
Аydarga qaradi:
– Yiqilib tushgan?! – mahbusning gapini xuddi ajabsingandek
takrorladi.
– Yomon yiqilibdi-da! Qaerda yiqilding, ey mahbus?
Аbdulloh dam mirshabboshiga, dam Аydarga qaradi. Bu o‘yindan
asabi buzilayotganini sezdi.
– Tegirmonning parragiga yiqilibdi, – dedi Аydar yana. – Shuning
uchun, tanasida k
o‘karmagan joy yo‘q.
– Shunday demaysanmi, axir, – dedi mirshabboshi xotirjam
b
o‘lgandek. – Qamog‘imizda tegirmon yo‘q, demak, boshqa joyda yiqilgan.
U shunday deb mahbuslarga kameraga qaytish uchun ruxsat
berishga cho
g‘landiyu, to‘satdan yana bir nima esiga keldi.
– Menga qara, yangi mahbus, – dedi Аbdullohga.
– Qamoq qoidalarini bilib oldingmi? Shiorlarni yodladingmi?
– O‘rgatamiz, yaxshi bilib oladi, – dedi Аydar.
– Juda soz, – dedi mirshabboshi tahdidomuz, Аbdullohdan ko‘z
uzmay.
– Kameraga kir hammang!
Kameraning temir eshigi zanjirlangach,
Аydar o‘rnidan turib
Аbdullohning qarshisiga keldi.
– Ha, botir! – dedi tirjayib. – Daming juda baland-ku!
– Senlar bilan ochiq gaplashaman! – dedi Аbdulloh o‘zini yo‘qotmay.
– Erkakka o‘xshab gaplashib olishimiz kerak.
– Nima, sen zo‘rmisan? – xezlandi Аydar.
– Zo‘r emasmanu, meni do‘pposlayman, desanglar, kafolat beraman:
uchovingdan biringni shu yerda
o‘ldiraman! – dedi Аbdulloh ko‘zi qonga