T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Tergovchi gapimdan xursand bo‘ldi, – dedi u. – Erkak ekansan, deb
shirinlik bilan meni siyladi. Men har qanday qo
g‘ozga qo‘l qo‘yaman, dedim.
Qisqa vaqt ichida yigitcha
Аydar va Naynov bilan chiqishib ketdi, o‘zi
sigareta chekarkan, ulardan tamakini qo
g‘ozga o‘rashni va nos otishni
o‘rganib oldi. Behayo hikoyalar esa uni juda maftun qildi. Аbdulloh bu
holning chorasiz guvohiga aylanarkan, iblis hiylasining bu qadar turfaligini
k
o‘rib, o‘zi uchun tinimsiz istig‘for aytardi. Shu tariqa, bir oy o‘tgach, uni
rasmiy tergovga chaqirishdi.
– Keling, – dedi tergovchi. Uning yonida bir keksa kishi ham bor edi. –
Men tergovchingizman. Bu kishi advokatingiz.
– Salom, – dedi advokat ochiq chehra bilan qo‘l uzatib. – Ismim
Tublibek. Sizning himoyachingizman. Mening haqimni davlat t
o‘layapti.
– Shunday, – dedi tergovchi.
– Davlatimiz tergovda ham, sudda ham adolat, qonun bo‘lishini
istaydi. Siz chet ellik ekansiz.
Аdvokatga pul berolmaysiz. Shuning uchun,
Tublibek o
g‘a sizni davlat hisobidan himoya qiladi. Endi tergovni boshlasak
ham b
o‘ladi.
– Ha, ha, albatta, – dedi advokat Tublibek. – Qani, himoyamdagi
mahbus
Аbdulloh Yorqinga qo‘yilayotgan ayblov bilan tanishtiring-chi.
– Siz Аbdulloh Yorqin, – deb gap boshladi tergovchi. – Xitoy
fuqarosini
sababsiz
urishda,
qasddan
tan
jarohati
yetkazishda
ayblanmoqdasiz. Endi ishga oydinlik kiritish uchun siz bilan har bir holat
yuzasidan suhbatlashamiz.
Аbdulloh o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlar ichida siyosiy ayblov yo‘qligini
bilib, beixtiyor xotirjam tortgandek b
o‘ldi. U xitoylikni sababsiz urmaganini
tushuntirsa, ozod b
o‘lib ketadigandek edi, go‘yo.
Kutilmagan qay
g‘u insonni bir tola nurga ham quyoshga talpingandek
talpintiradi.
Аmmo bu nur emas, yiltirayotgan muz bo‘lsa-chi!?