T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 O‘N YeTTINChI BOB
– Yevropada Yevropa xalqi uchun hurriyat bor, adolat bor, – dedi
Mubina xonim, yaʼni sobiq Аnjelina. – Hukumat tepasidagi siyosatchilarning
xudbinliklarini inkor etmayman. Biroq xalq demokratiyaga ishonadi. Mehnat
va iqtidor munosib baholanadi. Sharq odami uchun
g‘ayritabiiy tuyuladigan
o‘zsevarlik bu yerda juda ham tabiiy. Kayfiyating, xohishlaring, fikr va
s
o‘zlaringga o‘zing egalik qilasan. Boshqalarda ham bu egalik huquqi bor.
Unga daxl qilmaysan.
Аna shu bosh qoida. Men Sharqning musulmonlar
k
o‘p yashaydigan hududlarida bo‘lganimda ularning Yevropa haqidagi
qarashlari ikki xil ekanligini k
o‘rdim. Bir toifa odamlar Yevropani nuqul
tanqid qiladi. Holbuki, ularning birortasi bizning Vatanda yashamagan,
sayohat ham qilmagan. Bu tanqid hukmron hukumatning bir yoqlama
mafkurasining mevasi, xolos. Bunday mafkuralar, odatda, millionlab
odamlarning manfaati, erkini himoya qilmaydi, balki, davlat tepasidagi
guruhlarning shaxsiy farovonligini taʼminlaydi. Odamlar quloqlari bilan
shunday katta daʼvolarni eshitadilar . Ular eshitishga majbur etiladilar.
Mafkuraning baland ovozi chor
–atrofni shu qadar qoplab oladiki, quloqlar
batang b
o‘ladi. Insonlar, natijada, shaxsiy hayotlarida na farovonlik, na
hurriyatni k
o‘rmasalar-da, ruhiyatlariga g‘alati, hech tark etmaydigan
q
o‘rquv singib ketsa-da, o‘zini baxtli yashayotigan ishonadi, umrini baxtli
yashayotgani haqidagi argumentlarni izlash bilan
o‘tkazib yuboradi.
Yevropada esa odamlar baxtli yoki baxtsiz ekanliklari haqida bosh
qotirishmaydi. Ular uchun,
o‘zlari istagan ishni qila olyaptilarmi, shu muhim.
Zotan, senga bu masalada tashqi t
o‘siq yo‘q. Davlat ham xalq uchun
sharoit yaratib beryapman, deb k
o‘ksiga urmaydi, buning imkoni yo‘q.
Chunki davlatning majburiyati shu. Hukumatning yakkayu yagona
vazifasi shu.
Аgar hokimiyat shu vazifasini bajara olmasa, istalgan odam
unga qarata: «Hey hukumatdagilar! Ishlaringni eplolmayapsizlar, qani,