T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Urmang! Urmang! Tan olaman, urmang, – deb yig‘lamsirab
alahlardi.
Аlahlaganda esa ovozi shivirlab chiqardi.
Аbdulloh tepa o‘ringa chiqib yotarkan, uyqusi qochdi.
«Аllohim, bu azoblar qachon tugaydi?» – dedi ichida. Uning ruhi
sinayotgandi, qalbi umidsizlanib, k
o‘zlari quvonchni unutdi. Ertalab yigitcha
oyoqqa turdi. Tekshiruvdan keyin
Аydar uni gapga tutdi.
– Nima bo‘ldi? – deb so‘radi.
– Menga boshqa yashirgan jinoyatlaringni ayt, deyishyapti, – dedi u
hazin. Yigitchaning ruhi batamom sinib, na kurashishga, na
o‘zini himoya
qilishga kuchi ham, ishonchi ham qolmagani kunday ravshan edi.
– Boshqa
jinoyatim y
o‘q-ku, axir. O‘rtoqlarimga ergashib, shu uyga kirgandim-da.
– Mayli, siqilma, – taskin berdi Naynov. – Yashirganing bo‘lsa,
aytaver
o‘zingga yaxshi bo‘ladi.
– Nimani yashiraman! – dedi yigitcha qo‘rquvga to‘lib.
– Unda boshqa oson yo‘li bor, – dedi Аydar. – Xohlasang, aytaman,
kaltak yeb yurmaysan.
– Qanday yo‘l? – taniga jon kirganday bo‘ldi yigitchaning.
– Tergovchiga: «Og‘a, qaysi jinoyatlarni tan olay? Qanday
qo
g‘ozlarga qo‘l qo‘yay? Faqat meni urmang», degin. Maylimi? –
tushuntirdi
Аydar.
– Nega, axir... Bu yolg‘on bo‘ladi-ku, – dedi yigitcha ko‘zlari pirpirab.
– Nima o‘zi rost? Dunyoda hamma narsa yolg‘on, ukam, – dedi
Аydar. – Shunday qilsang, ko‘p foydalar topasan. Kaltak to‘xtaydi, bu bir.
Аyblaringga iqror bo‘lganing uchun kamroq yilga qamalasan, bu ikki.
– Аdvokatlaringdan shimildiriq ham kutma, – dedi Naynov. – Sen
o‘zingga faqat o‘zing yordam bera olasan.
– Bu uch, – deb qo‘shib qo‘ydi Аydar.
Yigitcha
o‘ylanib qoldi. Ertasi kuni uni yana chaqirishdi. U bu safar
chehrasi ochilib qaytib kirdi: