T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Mirshabning huzurida o‘zingizni to‘liq tanitishingiz shart, – dedi 
mirshabboshi. 
– Buni hech kim aytmadi, – dedi Аbdulloh. 
– Аytishadi, juda tushuntirib aytishadi, – dedi mirshabboshi. – Qanday 
jinoyat bilan keldingiz? 
Аbdullohning ensasi qotdi, mirshabboshi hamma gapdan xabardor 
ekanligiga uning ishonchi komil edi. Bila turib s
o‘rash, albatta, masxara va 
yerga urish ekanligi aniq. Shunday b
o‘lsa-da, o‘zini qo‘lga olib javob berdi: 
– Mushtlashuv. 
– Qanday mushtlashuv? – anqovsiradi mirshabboshi. 
– Mazlum uyg‘urni himoyalab, zolim xitoyni urdim. Shunga qamashdi, 
– dedi Аbdulloh. 
– Bu jinoyatingiz uchun necha yil qamoqda o‘tirishingizni bilasizmi? – 
dedi mirshabboshi. 
– Men jinoyat qilmaganman, – dedi Аbdulloh keskin. – Men 
himoyachi talab qilaman! 
– Himoyachi? – hayron bo‘ldi mirshabboshi. 
– Ha, meni sudsiz bir necha kunki, ushlab turibsiz! – dedi Аbdulloh. – 
Men uyimga xabar berishim kerak. 
– Sud?! – mirshabboshi bu so‘zni umrida ilk marta eshitayotgandek 
edi. 
– Huquqiy, qonuniy ishlardan xavotirlanmang, mahbus. Biz bunday 
ishlarni juda maromiga yetkazamiz. Tergovchilaringiz kelsa, qolgan 
talablaringizni aytarsiz. 
Men bu yerda na qonunni, na huquqni ko‘rmayapman! – dedi 
Аbdulloh. 
– Kuyinmang, mahbus, – taskin berdi mirshabboshi. – Bu yerda 
k
o‘rganlaringizning ko‘pini ko‘rmaysiz. Ko‘rmaganlaringizning esa juda 
k
o‘pini ko‘rasiz. Endi esa kamerangizga boring-da, tergovchingizni kuting. 


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Hibsga olinganim haqida oilamga xabar berishingizni talab qilaman! 
– dedi Аbdulloh oyoq tirab. 
– Siz bu hayotda talab va istaklarsiz yashashni tezda o‘rganib 
ketasiz, mahbus, 
– faylasuflik qildi mirshabboshi. – Sizga juda foydali 
maslahatni beraman, oling va foydalaning, maylimi? 
O‘ng qulog‘ingiz bilan 
ham, chap qulo
g‘ingiz bilan eshiting: ikki jag‘ orasidagi laxtak go‘shtni ko‘p 
ishlatmang. Tartibga b
o‘ysuning. Isyon qilmang. Tortishmang, aks holda, 
halok b
o‘lasiz. Bu yerda manaman, degan pahlavonlar yer chizadi, 
y
o‘lbarsman, deganlar sichqon bo‘lib chiyillaydi. Аytgan har bir gapingiz
qilgan har bir ishingiz boshingizga shunday balolarni keltiradiki, 
tu
g‘ilganingizga pushaymon bo‘lasiz. Osmondagi xudoyingizning bu 
qamoqda gapi 
o‘tmaydi, duolaringiz shu qamoq devorlari ichida qolib 
ketadi. Bu jirrakiligingiz bilan hamon tirik ekaningizga hayron qoling. 
Shundoq ham, siz katta xavf ostidasiz! 
Аbdulloh mirshabboshining tahdidlaridan kulgisi keldi, qasdlashib 
kulmoqchi edi, kula olmadi. Lekin gapirdi: 
– Meni qo‘rqitmang!.. 
– Biz qo‘rqitmaymiz, ishlarimizni ko‘rib, o‘zingiz qo‘rqasiz. Boring 
kamerangizga, mahbus! 
Mirshabboshi juda muloyim, hatto, biroz ch
o‘zibroq so‘zlarkan. 
Аbdullohni bir oy ichida hech kim yo‘qlamadi. Bir oy uning uchun juda og‘ir 
o‘tdi: kameradoshlarining behayo gaplaridan ko‘ngli aynidi, ular esa bu 
masalada sira t
o‘xtamas edilar, mana shunday buzuq gaplar ichidan 
chiqayotgan bu odamlar 
Аbdullohning ko‘ziga shu qadar jirkanch tuyula 
boshladiki, ularga na amri maʼruf, na nahyi munkar kor qilmasligini angladi. 
Bunday shaloq s
o‘z odamlar, bunday fasod fikrli kaslar, bunday axloqsiz 
kimsalar bilan bir havodan nafas olish jahannam azobi kabi tuyuldi, 
shubhasiz, bu toifa tubanlarning q
o‘lidan har qanday yovuzlik, har qanday 
pastkash ishlar kelishiga ishonmoq mumkin. 
Аbdullohning xavotiri oilasidan 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin