T me/akrommalik


www.facebook.com/akrom.malik2020



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
– Yaxshi. Endi bir achchiq choy ichaylik, – dedi Аydar va eshikka 
borib, taqillatdi. Darcha ochilmadi, balki eshik ochildi. 
Navbatchi mirshab k
o‘rindi: 
– Аydar, bu yoqqa chiq! – dedi u. Аydar kameradoshlariga hozir 
qaytaman, degandek q
o‘lini ko‘tarib qo‘ydi-da, eshikdan chiqdi. Uni 
mirshabboshining xonasiga olib borishdi. 
– Аydar, yangi mahbusga kuching yetmadimi? – dedi mirshabboshi 
Аydar kirishi hamonoq. 
– O‘ldirishga kuchim yetadi, – dedi Аydar darhol. – Аmmo itday 
qaysar ekan. Eshakday oyo
g‘ini tirab turibdi. Bo‘ysundira olmadim. O‘zingiz 
o‘ldirma, oyoqda yursin, dedingiz. Ruxsat bersangiz, tiz cho‘ktiraman. Biroq 
unda u 
o‘lgan bo‘ladi. 
– Yo‘q, o‘ldirma. U o‘zini qanday tutyapti, birma-bir ayt-chi, – so‘radi 
mirshabboshi. 
– Urib, ichini to‘kdim, lekin dadil, – dedi Аydar. – Bir boshga bir o‘lim, 
deydi. Ishora bilan namoz 
o‘qishga ko‘ndirdim. 
– Mayli. Erta-indin uning tergovi bo‘ladi, tezda suddan nasibasini olib, 
jamloqqa yuboriladi. U yerda xudo deyish tugul xudoning kimligini unutadi. 
Biroq terroristni 
o‘z holiga tashlab qo‘ya olmaymiz. 
– Nima qilishim kerak? – so‘radi Аydar. 
– Ertalabdan kechgacha behayo hikoyalarga zo‘r berasanlar, – yo‘l-
y
o‘riq berdi mirshabboshi. – Fohishalar haqida tinimsiz gapirasanlar. 
Аyniqsa, namoz o‘qishni boshlasa, ko‘proq so‘kininglar. Hammang ovqatni 
chap q
o‘lda yenglar. Sigaretning ko‘tini ko‘tiga ulab chekinglar. Kamerani 
tutunga t
o‘ldirib yuboringlar. Sigaret chekmagan paytlaringda nos chekib 
tufla. 
Аnavi xudojo‘yga ham sevgan qizi yoki o‘ynashlari haqida savol 
beringlar. Meni tushunding-a? 
– Аlbatta, – hiringladi Аydar.
– Bu ishni qoyillatamiz. Lekin sigaret, nos, choy kerak. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin