T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
el vatandoshi. Shu bois, uni ortiqcha kaltaklay olmaymiz. Faqat ruhiy
sindirishimiz kerak. Qonun bilan uni ezamiz. Tushundingmi?
– Tushundim, – dedi Naynov.
– Suding o‘tgach, jamloqda ham
yaxshi yashashingga sharoit
hozirlatib beraman,
– vaʼda qildi mirshabboshi, – seni unutib qo‘ymayman.
– Rahmat, boshliq, – minnatdor bo‘ldi Naynov chiqib ketarkan.
Mirshabboshi Oliftani chaqirishni lozim topmadi,
biroq
Аbdulloh
Yorqin bilan suhbat
o‘tkazmoqchi edi. Navbatchi mirshab Аbdullohni
yetaklab
keldi.
Аbdulloh qo‘lini orqasiga qo‘yib,
eshik oldida
mirshabboshiga qarab turib qoldi. Mirshabboshi esa xuddi xonada hech kim
y
o‘qdek qandaydir qog‘ozlarni titkilab o‘qiy boshladi. Bir necha daqiqani
o‘tkazib, Аbdullohga qaradi.
– Mahbus, o‘zingizni tanishtiring, – dedi.
Аbdulloh ism-sharifini aytdi.
– Shinjon provintsiyasi fuqarosimisiz? – deb so‘radi.
– Yo‘q, – dedi Аbdulloh.
– Qaerning fuqarosisiz?
– Turkiya Respublikasi vatandoshiman.
– Faxrlanasizmi bu bilan?
– Аlbatta, – dedi ishonch bilan Аbdulloh.
– O‘z vataningizga xoinlik qilib,
qochib ketgach, faxrlanasiz-da,
boshqa nima ham qilardingiz!
– dedi nafrat bilan mirshabboshi.
Аbdullohning miyasida harorati oshdi.
– Turkiya ham, uyg‘ur ham qondosh, – dedi asabiylashib. – Biri og‘a,
biri ini.
O‘rtada hech qanday xiyonat yo‘q!
– Juda ham aqlli ekansizmi! – hiringladi mirshabboshi. Bu hiringlash
zamirida vahshiylikning hidi anqirdi.
– Siz qamoq qoidasini bilmaysizmi?
– Bilmayman. Qanday qoida? – dedi Аbdulloh.