T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Shifoxonalar ham vayron b
o‘lgan edi, shaharda qon hidi kuyuk isi
bilan qorishib, anqib ketdi. Tomoqlar, dimoqlar bu hiddan b
o‘g‘ildi, tirik
qolgan ayollar shahar tashqarisidagi dalaga olib chiqildi, tikilgan chodirlarga
joylashtirildi. Yevropaning turli burchaklaridan, Turkiyadan k
o‘ngilli
yordamchilar k
o‘makka yetib keldilar, murdalarning shaxsini aniqlash, ularni
k
o‘mish ishlari boshlandi. Bu ishlar payti hammayoq talato‘p bo‘ldi, hamma
charchagan, hamma asabiy, hamma qay
g‘uda, hamma qo‘rquvda edi.
Bolqonni hali u nuqtasida, hali bu nuqtasida namoyishlar, qurolli
t
o‘qnashuvlar boshlandi, kimlardir qasos talab qildi, kimdir hukumatlar
isteʼfosini.
G
o‘yo hamma aybdor, hamma jinoyatchi edi, qo‘li qonga botmagan
odam qolmagandek tuyulardi. Zaynabning u kunlar iztirobidan hamma kabi
yuragi sanchadi:
– Qurʼonda Аlloh taolo marhamat qiladi: «Biz sizlarni xavf-xatar,
ochlik, mollaringizga, joningizga, mevalaringizga ziyon yetkazish bilan
imtihon qilamiz. Sabrlilarga xushxabarlar b
o‘lsin! Ular boshlariga musibatlar
kelganda: «Biz Аllohnikimiz va, albatta, Unga qaytajakmiz!» deydiganlardir.
Ularga Robbilaridan najot, rahmat bor. Ular hidoyat topganlardir!»
Bu Baqara surasidagi oyati karimadir.
– Imtihon shunday og‘ir kechdi biz uchun, biroq toqatimiz uni ko‘tardi.
Sabr qila oldikmi, y
o‘qmi, bilmaymiz, – dedi Zaynab xonim Аnjelinaga. –
Islom yagona yaratgan zot
Аllohga taslim bo‘lish dinidir. Inson, nafaqat,
Аllohning amru farmonlariga, balki, taqdiriga-da, taslim bo‘lmog‘i lozim. Аna
shunday musibatlardan chin taslimiyat, chin iymon
o‘rtaga chiqadi, o‘zini
namoyon etadi.
Аlloh, shubhasiz, najot beradi, o‘z rahmatini yog‘diradi,
musibatni m
o‘min uchun yengillashtirib qo‘yadi, musibat ustidan
musulmonni muzaffar aylaydi. Biroq musibatni so
g‘inmaslik lozim. Musibat
tilamaslik shart.
Аllohga duo ila yolvorib, hamisha najot va nusrat