T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 hukumatlaridagi tanishlaringizga xabarlar yubordingiz, mening hamma
odamlarimning
ortidan
kuzatuvchilar
q
o‘ydingiz, biroq uyimgacha
kelishingizni kutmagandim. Ofarin va yana ofarin!
Muso poshsho
Аrchibaldning gapini bo‘lmadi, hamsuhbati kulib
gapirsa -da,
o‘zini bir pog‘ona baland tutayotgani kunday ravshan edi.
Shuning uchun, Muso poshsho
Аrchibaldga tik qaradi, optik linza
yiltirayotgan kulrang k
o‘zlarga o‘qrayib dedi:
– Ser Аrchibald, maqtovni sevadigan yoshdan o‘tganman. Har
qanday mulozamat ensamni qotiradi. Meni yosh bolani alqagandek
alqashingizga umuman hojat y
o‘q. Ertaklaringizni boshqalarga saqlab
q
o‘ying. Fitnangizga sotilayotgan mutaassiblarni shunday maqtasangiz,
chalgan no
g‘orangizga o‘ynaydilar, lekin men emas!
Shu payt xizmatchi patnisda grafinda suv va ikkita finjon keltirdi.
Аrchibald Muso poshshoning gaplariga jiddiy quloq tutarkan, finjonlarga suv
quydi, birini
o‘z oldiga, birini Muso poshshoning oldiga qo‘ydi.
– Yaxshisi, mening savolimga javob bering, ser! Bolqonda diniy va
milliy nizoni q
o‘zg‘ab, nima uchun fuqarolar urushini uyushtirmoqchisiz?
Suvdan h
o‘plab, Аrchibald ajablangannamo qoshini chimirdi:
– Bu qanday safsata? Аsosingiz bormi? Balki, mening Bolqondagi
amaliyotim xayrlidir!
– Xayrli?! Siz provaslav va katolik cherkovlaridagi yepiskoplarga katta
miqdorda pul berdingiz, ularni musulmonlarning bosimidan himoya qilishga,
Isoning dinini nafaqat Bolqonda, balki Yer yuzi b
o‘ylab, tarqatishlarini
istashingizni aytdingiz. Sotib olgan muxbirlaringiz yerli musulmonlar va
musulmon muhojirlarini
g‘ayridinlarga eʼtiqod sababli tajovuz qilganlari
haqida xabarni tarqatdilar. Holbuki, bu xabarlar soxta edi! Serblar va
xorvatlarni, bosnianlar va serblarni bir
–biriga qayrash uchun hukumat
ichidagi xoinlardan foydalandingiz. Bolqonda har bir dindorni, har bir
insonni
o‘zaro adovatlantirish uchun hamma ishni qilib kelyapsiz.