T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аrchibald o‘rnidan turdi, tez yurib keldi va ochiq yuz ila Muso poshshoning
q
o‘lini siqdi:
– Kuningiz xayrli bo‘lsin, Muso poshsho, – dedi qo‘li bilan kursini
k
o‘rsatib. – Marhamat, o‘tiring. Men isteʼdodli insonlarni yaxshi ko‘raman.
Isteʼdod – Tangrining sanʼati. U odamning ichidan vulqonday otiladi,
buloqday qaynaydi, boshqalarni maftun etadi. Siz ba
g‘oyat isteʼdodli
insonsiz, Bolqon musulmonlari sizni norasmiy siyosiy y
o‘lboshchi, deb
biladi, turk diasporasi, Turkiyadagi turli klanlar orasida juda mavqeingiz
baland. Mening ismimni Yevropadagi katta-katta amaldorlar ham bila
olishmaydi, faqat olamshumul ishlarimdan hayratga tushib
o‘tiradilar, siz
esa mening ismimni bilish ham kamday, makonimni topib, yakka
o‘zingiz
kelishga jasorat topdingiz, ofarin!
Ser
Аrchibald gapirish asnosida Muso poshshoning ro‘parasiga o‘tirdi
va:
– Poshshom, qahva buyuraymi, choymi? – deb so‘radi.
– Men suv ichaman, – dedi Muso poshsho.
– Juda soz, – ser Аrchibald telefon go‘shagini olib, buyurdi. – Ikkita
finjon va suv.
– So‘ng yana poshshoga yuzlandi. – Men Bolqonda ulkan
loyihani boshladim.
O‘zim ishni shaxsan boshqarish uchun bu yerga
keldim. Hali ishim loyiha ekanligidayoq kimlar qarshi chiqishi mumkin,
degan savolni
o‘zimga berdim. Nasl –nasabingiz, tarixingiz, faoliyatingizni
o‘rganib, garovga olish mumkin bo‘lgan biror yashirin yo oshkor
jinoyatingizni topolmadim. Hukumat rahbarlari, amaldorlar, din peshvolari
–
ularning hammasining k
o‘targan qoplari yirtiq, yaʼni o‘zlaridan qo‘rqadigan
joylari bor, fosh b
o‘lishdan cho‘chiydigan ishlari ko‘p. Tajribam davomida,
ishoning, siz singari shaxsiyatga ilk bor uchradim. Mening loyihamning
yakkayu yagona t
o‘sig‘i shu odam bo‘lajak, deganman. O‘tkir aqlim
yanglishmadi: Muso poshsho bugun r
o‘paramda turibdi. Ochig‘i,
Bolqondagi notinchlik sabab kazo-kazolar bilan uchrashdingiz, Yevropa