|
Halqa [@kitoblar pdf]
T.me/akrommalik
www.facebook.com/akrom.malik2020
Endi
o‘tirgan lahzada tashqarida xitoycha baqir –chaqir eshitildi,
ch
o‘chib ketib, shimini yuqori ko‘tarib, tezda o‘rnidan turdiyu, «Oh!» deb
yubordi, ikki kuragining
o‘rtasini xojat teshigi tepasidagi quvurga urgan edi,
suyak
–suyagiga og‘riq tarqalib, ixrab, temir o‘ringa o‘tirib qoldi.
Jarohatlangan joyini q
o‘li bilan paypasladi, barmog‘i namlandi, yumshoq
g
o‘shtga tegdi, shoshib qo‘liga qaradi: umurtqa suyagining yoni qonabdi.
Аzob zo‘ridan chanqoq ham, zahar tang ham g‘oyib bo‘ldi, xitoycha
ovozlar eshikka yaqinlab keldi, sharaqa
–shuruq ovozlar eshitildi, qulfga
kalit urildi, shekilli, temir tamba surildi, o
g‘ir g‘irchillagan sasi barobarida
eshik qiya ochildi, xitoybashara mirshabning qalpoqli boshi k
o‘rindi, u
uy
g‘urchalab buyurdi:
– Chiq! Tez bo‘l!
Tishini tishiga q
o‘yib, og‘riqni yenggandek bo‘ldi -da, Аbdulloh
eshikka qarab yurdi. Chiqishi bilan yana buyruq b
o‘ldi:
– Engashib yugur! Boshingni ko‘tarma!
Аbdulloh yo amrni anglamadi, yo dovdiradi boshini beixtiyor ko‘tarib:
«А?» – dediyu, yelkasiga tushgan mirshab tayog‘i darrasidan yerga
ch
o‘kkalab qoldi. Ikkinchi zarba bo‘yniga tushib, uni cho‘ziltirdi. Boyagi
xitoybashara
Аbdullohning yoqasidan dast ko‘tarib, devorga tirab
vishillaadi:
– Menga qara, it! Engash, boshini ko‘tarma! Yugur, maymun!
Mirshabning ichidan
o‘likning isidek badbo‘y xid kelarkan, Аbdulloh
o‘zi istamay yuzini burishtirdi.
– Nega turqingni bujmaytirasan? To‘ng‘iz! – mirshab tayog‘ini ishga
soldi.
Аbdulloh g‘ujanak bo‘lib oldi.
– O‘rningdan tur! Tur, deyapman! To‘nqayib yugur!
Аbdulloh o‘rnidan turmasa, kaltak to‘xtmasligini bildi va bir amallab
turdiyu, engashgan k
o‘yi aytilgan tarafga yugurdi.
– Nega qo‘lingni tushirasan! Qo‘lingni orqaga qil, ahmoq!
|
|
|