T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Moyimxon Sotim ikki kaftini uch
–to‘rt urib qarsak chaldi:
– Ofarin! Tasanno! Eʼtiqodingizga qoyil qoldik! Xuddi kechagidek
diningiz himoyasidasiz! Sizdan sobit musulmon chiqadi, shekilli.
Аbdulloh hech so‘z demadi, faqat bor kuchini ko‘ziga yig‘ib, o‘qraydi.
– Xoy, bunchalik g‘azablanmang! – uni ko‘rib xiringladi Notanish. –
Moyimxonni k
o‘zingiz bilan qatl qilib yubormang, iltimos. U bizga kerak. Ha,
darvoqe, jahannamga ishonavering. Bizning ikkinchi y
o‘limiz o‘sha
ishonchingizni mahkamlab, mustahkamlaydi. Bilasizmi, bu qanday r
o‘y
beradi?
Аbdulloh nigohini bir nuqtadan uzmadi, indamadi. Notanish ovozini
tahdidomuz k
o‘tarib, dedi –
– Bilasizmi, deyapman!
– Bilmayman, – dedi Аbdulloh.
– Unda eshiting, – deb tirjaydi Notanish. – Sizga shunday qiynoq
taqdim etamizki, haqiqatan, u dunyoda jahannam bor ekan, azobi juda
kuchli b
o‘lar ekan, deb iymoningiz ziyoda bo‘ladi!
Notanish sovuq iljayib, stol ustiga duradgorlar asboblarini saqlaydigan
quti kabi bir qutini q
o‘yib, ochdi. Unda bir necha xil bigiz, pichoqlar,
qaychilar, omburlar, har xil mix, bir
o‘rama arqon, sim bor edi.
– Menimcha, hammasi tushunarli, – dedi Notanish. So‘ng stol
qarshisidagi kursiga ishora qildi.
– O‘tiring.
Аbdulloh kursiga o‘tirdi. Moyimxon finjonga suv quyib, uzatdi:
– Iching, tashnadirsiz.
Аbdullohga suv juda orombaxsh tuyuldi, miriqib sipqordi va:
«Аlhamdulillah», – dedi. Moyimxon bo‘shagan finjonni yana to‘ldirdi.
Аbdulloh buni ham oxirigacha ichdi. Uchinchi finjonga kelganda chanqog‘i
qondi, fikri ravshanlashdi. Tergovchilar undan k
o‘z uzishmas, har bir
harakati, yuz ifodalarini ham kuzatayotgan edilar.