T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 – Bilmayman, deb turavering, hozircha, – dedi Notanish. – Otangiz
turkistonlik
terrorist,
buyuk
Sovet
davlatining
dushmani
k
o‘r
Shermuhammadning uyiga borgan, oyo
g‘ini o‘pgan, terroristlar sardori
o‘lgunicha uning xizmatini qilgan. To‘g‘rimi? Bularni bilasiz-ku!
– Shermuhammadbey terrorist emasdi, – dedi Аbdulloh. – U keksa,
bemor bir musulmon edi, xolos.
– Ha –ha –ha! – zaharxanda kuldi Notanish. – Balki quyonday
beozor musulmondir, a? U qizil askarlarni, sadoqatli kommunistlarni
o‘ldirgan qotil! Pushtun jangarilarini qo‘llab –quvvatlagan. U bilan hamkorlik
qilish uchun avval, Germaniya maxsus xizmati, keyin Ixvanul muslimin
terrorchilari aloqaga chiqishgan. Shermuhammadbek arab davlatlarini
Isroilga qarshi urushini yoqlagan. Umar Muxtor haqida doim t
o‘lqinlanib
gapirgan. Siz va otangiz esa uning xizmatida b
o‘lgansizlar. Endi ochig‘ini
aytavering, Shermuhammadbekning qaysi terrorini amalga oshirish uchun
topshiriq olgansiz? Bu yerda kimlar bilan uchrashmoqchisiz?
Аbdulloh quloqlariga ishonmas edi, dong qotdi.
Biroq endi gapirish kerak edi.
– Men sizlarga Shermuhammadbey
haqida rostini aytaman,
– dedi jiddiyat ila. – Gaplarimga ishoning. Zarracha
yol
g‘on aralashtirmayman.
– Juda soz, qani, boshlang! – dedi Notanish.
– Haqiqatan, biz Turkiyada Shermuhammadbey himoyasida edik,
biroq u allaqachon siyosiy va harbiy faoliyatini t
o‘xtatib bo‘lgan edi. Oyog‘i
ishlamasdi, k
o‘zi ko‘rmasdi. Gitler Olmoniyasi unga maxsus harakat rejasini
taqdim qilgan, lekin u inson bu rejani qabul etmagan. Va siz aytgandek,
Ixvanul muslimindan ham vakillar kelgan, Shermuhammadbey istasa, bu
harakatda ishtirok qilsa b
o‘lardi, biroq unga taklifni batafsil o‘rganib rad etdi,
bu ishlarda fitna bor, deb aytgan. T
o‘g‘ri, u inson Turkistonni Sovet
davlatidan ajratib olishni istardi, biroq amaliy harakat qiladigan darajada
imkoniyati b
o‘lmagan.