T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
haqida noxush xabarlar tarqaldi. Matbuotda tashvishli maqolalar eʼlon etildi, 
biroq k
o‘pchilik holatni butunicha idrok etmayotgandi. Muso poshsho baʼzi 
nasroniylar va musulmonlarning orasida r
o‘y berayotgan ziddiyatlardan 
xavotirga tushdi. Na hukumat, na boshqa biror kuch bu ziddiyatni yechish 
haqida 
o‘ylamas edi. Muso poshshoning fikricha, millatchilik adovatidan 
k
o‘ra diniy adovat xatarliroq. Yerli musulmonlarga provaslav hamda katolik 
cherkovi peshvolari: «Ota-bobolaringiz bosqinchi turklarga dinini, yurtini 
sotgan, sizlar xoinlar avlodisiz, aslingizga qayting! Nasroniy b
o‘ling!» 
mazmunida oshkora shaʼma qilishga o‘tdilar. Masjidlarda esa bu 
shaʼmalarga nisbatan og‘irroq kinoyalar yangradi. Muso poshsho bu 
fitnaning ildizi chuqurligini angladi. Cherkov peshvosi yoxud masjid imomi 
o‘z fikridan, tuyg‘usidan kelib chiqib, g‘ayridinni tahqirlamaydi, musulmonlar 
qudratli Turk sultonlari davrida 
g‘ayridinlarni besabab chertgan emas. 
Nasroniy va yahudiylar ham shunga muqobil darajada adabli edilar. Muso 
poshsho fitna ildizini topishga qatʼiy qaror qildi, shogird va yordamchilariga 
cherkov ruhoniylarini kuzatishni buyurdi. U ishning boshida turganlar 
kimligini shu y
o‘l bilan aniqlayman, deb o‘yladi. Hukumatdagi tanishlarini 
yuzaga kelayotgan xavf haqida ogohlantirdi. 
– Ortiqcha xavotirga tushyapsiz, – dedi hudud hokimining 
yordamchisi. 
– Mavjud bo‘lmagan xatar haqida gapiryapsiz.
Muso poshshoning odamlar cherkovning xorijliklar notanishlar bilan 
bir marta uchrashgani haqida xabar keltirishdi. Xorijliklar deb aytilgan 
kishilar esa 
Аmerikadagi nomaʼlum guruhlar bilan shubhali tijorat qilishlarini 
bilgach, Muso poshshoning shubhasi kuchaydi, u Bolqonda qandaydir 
larzaga hozirlik k
o‘rilayotganini tushundi. Аynan qanday reja uchun 
tayyorgarlik k
o‘rilayotgani uning uchun hamon mavhum edi. Oxirgi 
vaqtlarda uch-t
o‘rt marta nasroniy va musulmonlar o‘rtasida janjal chiqdi, 
baʼzi mahalliy urug‘lar ham bir-birini ko‘p marta haqoratladi. Masala haqida 
uzil-kesil xulosaga kelish uchun Muso poshsho che
rkovga taʼsir o‘tkazishga 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin