T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Аbdulloh erta sahar uyg‘ondi. Shiftga, kamera devorlariga qaradi,
qaerda ekanligini idrok eta olmay, gangidi, bir necha lahzadayoq hamma
voqeani esladi. Sekin yonboshlab, pastga qaradi: biri chalqancha, bir
t
o‘ntarilib ikki mahbus uxlaydi, biri hurrak otadi. Eshik tepasida chiroq xira
miltiraydi.
Аbdulloh Аllohga duo qilishi zarurligini bildi, qo‘lini ko‘tarib,
devorga surdi va tayammum qildi. Namozga niyat qildi, shiftga qarab
yotgan k
o‘yi ikki qulog‘ining yumshog‘iga bosh barmog‘ini tekizdi, so‘ng ikki
q
o‘lini qorni ustida bog‘lab, pichirlagan ko‘yi sanoni o‘qidi: «Subhanaka
Аllohumma va bihamdika va tabarokasmuka va taʼala jadduka va la Ilaha
g‘oyruk!»
Bismillahga kelgandayoq
Аbdullohning ashki ko‘zidan toshdi, ichida
t
o‘fon yanglig‘ yig‘i tashqariga qarab yopirildi, u faryod solib yig‘lashni
istardi, biroq bu imkonsiz edi.
«Аllohim! Аllohim! Аllohim! Meni o‘z holimga tashlab qo‘yma!»
Uning butun vujudini titratayotgan iltijo shu edi.
«Ey olamlar Robbisi! O‘zingga hamd bo‘lsin! Maqtovga faqat Sen
loyiqsan! Senga ibodat qilaman! Sendangina yordam s
o‘rayman! Meni
neʼmat etilganlarning Yo‘liga, Iymonga hidoyat et! Аdashganlar, g‘azab
uchraganlar y
o‘lida qilma, Аllohim! Buyuk sinov berding, Robbim! Bu
sinovdan yoru
g‘ yuz ila meni chiqar! Oxiratda Senga ro‘baro‘ turganimda
yuzimni qora qilajak xatolardan meni omon saqla,
Аllohim! Sen madad
bermasang, Sen saqlamasang, na shayton hiylasiga bas kelmayman, na
nafsimdan
g‘olib bo‘la olmayajakman!
Robbim, meni zolim zulmidan xalos et, ofiyatu omonlik ber! Iymonimni
salomat et! Rasuling Muhammad sollallohu alayhi va sallamga munosib
ummat et, Robbim!»
... Biror soatlar
o‘tib, kamera darchasidan qo‘yoshning bir tutam nuri
kirdi. Mirshablar tashqari y
o‘lakda kezib, «Uyg‘on! Uyg‘on!» – deb baqira
boshlashdi.