T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 Musulmonlar
ichidagi
johillarni
ham
foydasiz
t
o‘qnashuvlarga
ilhomlantiryapsiz. Keyingi paytda Belgradda, Saraevoda, yana boshqa
o‘nlab hudud masjidlaridan har xil odamlar: dahriylar, mushriklar,
kofirlarning Islomga kirishi urfga aylandi.
Аyniqsa, oxirgi olti oyda bu hol
k
o‘paydi. Sodda musulmonlar yangi dindoshini quchoq ochib qabul
etmoqda. Biroq ularning bir qismi musulmonlar ichida ixtilof va fitna uru
g‘ini
sochyapti, bir qismi dindan qaytib, musulmonlarning ichki hayotiga
tuhmatlar yo
g‘diryapti, bir qismi esa, haqiqatan, xolis musulmonlardir. Men
munofiqlarni tekshirdim, hammasi sizning homiyligingizda Islomga
dushmanlik qiladigan universitetlarda yetishtirilgan. Hammasiga nifoq
«ilmi» o‘rgatilgan. Аna o‘shalar xuddi «islomshunos»dek ming yillik ixtilofni
q
o‘zg‘ayapti, Аlloh haqida kufroniy savollarni bermoqdalar. Ser Аrchibald,
siz nima qilmoqchisiz? Ortingizda kimlar turibdi?!
Аrchibald Muso poshshoga qarab xoxolab kuldi.
– Siz ajoyib ekansiz! O‘ylaganimdan ko‘proq narsani bilib olibsiz-ku! –
dedi. Keyin jiddiylashdi, ovozida tahdid paydo b
o‘ldi. – Sizning esingiz
joyidami, poshshom? Shunday xatarli maʼlumotlarni yig‘ibsiz, hayot uchun
xavfli xulosalarga kelibsiz, qoyil qoldim! Nima deb
o‘ylaysiz, endi
kelajakdagi rejalarim va siz bilmaydigan yana boshqa ishlarim haqida sizga
tik oyoqda turib, maʼlumot berishim kerakdir!
Muso poshshoning rangi gezardi, k
o‘zining oqi qontalash tusga kirdi,
asabiyligini yengish uchun finjondagi suvdan ichdi.
– Ser Аrchibald, kerak bo‘lsa, aytasiz! – dedi shaxd bilan. – Men esa
sizni ogohlantiraman! Shaytonga xizmatkorlik qilishni bas qiling! Isteʼfoga
chiqib, Bolqonni esa tezda tark eting! Men butun kuchimni sizni tor
–mor
qilish uchun safarbar etganman.
Muso poshshoning tahdidi
Аrchibaldning achchig‘ini keltirdi, kibri
q
o‘zg‘aldi.