T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 latofatu malohat r
o‘yo; tuyg‘ularda biror poklik yo‘q; ayol qalbi bu
makonlarda
o‘zini zinhor ayol deb his etmagay! Аyol erkinlik bahonasida
b
o‘shliqqa tashlab yuborilgan! Unda na suyanch bor, na tayanch!
Shafiqaning nutqlaridan j
o‘shqinlik g‘oyib bo‘ldi. Ovozi so‘ndi. Ko‘zlari
maʼyuslandi.
– Shafiqa! Senga nima bo‘lyapti! – dedi qayta –qayta Jeyn. Shafiqa
javob bermadi.
– Boshqa so‘zlay olmayman, – dedi Shafiqa nihoyat.
– Nima uchun? – hayron so‘radi Jeyn.
– Tushuntirib bera olmayman... Meni tinch qo‘yinglar! – xazin
ohangda gapirdi Shafiqa.
– Kechirasan, qizaloq! – dedi Jeyn jahl bilan. – Biz seni izlab
topdikmi? Yalinib kelgan
o‘zingsan. Senga sharoitlar hozirladik, yo‘lingni
ochdik, pul berdik. Dunyoni kezding. Yulduz b
o‘lding. Sen bu ishlarni o‘yin
deb
o‘ylaysanmi? Sening ko‘nglingga qaraydigan hech kim yo‘q. Buyruqni
bajar.
Shafiqa quloqlariga ishonolmay qoldi.
OLTINChI BOB
Аbdulloh Yorqin hikoyasida davom etarkan, ellik yil avvalgi tarix uning
xotirasi kitobi qatlaridan tirilayotgan kabi
o‘sha onlarning har bir so‘zi, har
bir sasi, har bir harakat va sukunati uning uchun behad qiymatli edi.
... Ibrohim Yorqin oilasi Ehson afandining musofirxonasida bir necha
kun qoldi. Kelgan kuniyoq Ibrohim bu zot naqshbandiya tariqatining
murs
hidi ekanligini bildi. Xalq bu insonni eʼzozlab, «shayx Ehson hakim
hazratlari» deb atar ekan. Ehson afandi tib va hikmat ilmi sohibi bo‘lib,
odamlar u haqda «Shayx Ehson tariqati ko‘ngil shifosi, tabobati vujud
davosi» deb yurisharkan. Shayx Ehson afandining yuzlab shogirdlari bor
edi. Har bir shogirdiga turli ilmlarni
o‘rgatgan. O‘zi yashaydigan hovli juda