T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 emas, yo amallarida ixlossizlik borligini anglab yetadi. Seni uyingdan
chiqargan, eringdan ajratgan, bolalaringdan yuz
o‘girtirgan sabab shu. Аks
holda, ona
o‘z jigargo‘shasidan voz kechadimi?
Shafiqa naqadar zikrga, ibodatga chul
g‘ansa, shu qadar nadomatga,
afsusga ch
o‘kdi. O‘tmish xatolari qarshisidan chiqaverdi. Eri Fotih Karim,
ikki farzandi, otasi, onasi, aka
–ukalari ko‘z o‘ngidan ketmay qoldi. Chunki
Shafiqa
o‘zini ularga nohaqlik qilgan odamdek his etdi. Ulardan afv tilab,
ko
‘ngillaridagi norizolik tugunlarini yechib yubormagunicha zinhor xotirjam
b
o‘la olmasligiga iqror edi u.
– Men Malayziyaga qaytishim kerak, – dedi bir kuni Roziya xonimga.
– Istixoralar qildim, Robbim qalbimga erimning huzuriga qaytish niyatini
soldi.
Roziya xonim tabassum qildi:
– Аlhamdulillah, – dedi mamnun. – Seni o‘zim olib boraman.
...Kuala Lumpurga borgunlaricha, undan keyin ham Shafiqa bir o
g‘iz
gapirmadi. U ajib bir q
o‘rquv, shuningdek, to‘g‘ri ish qilayotganiga aniq
ishonch ichida edi.
Shafiqa boshidan oyo
g‘iga qadar qora chodraga o‘raldi, erining
hovlisiga kelib, mashinadan tushganlarida Roziya xonimning ortidan
ergashdi. Eshikni uy xizmatchisi ochdi:
– Аssalomu alaykum, keling, xonim, marhabo, – dedi u ochiq yuz ila.
– Va alaykum assalom va rohmatulloh, – alik oldi xonim. – Xatib
Fotih Karim janoblari uydami?
– Uyda, ilm ila mashg‘ul, – dedi xizmatchi.
– Аgar ijozat bersalar, suhbatlariga kirishni istaymiz, biz Istanbuldan
keldik, ismim Roziya Muhsin, bu esa mening singlim,
– deb o‘zini tanishtirdi
xonim.
– Marhabo, bu yerda biroz hordiq oling, men janobimizga xabar
beraman,
– deb xizmatchi ularni ichkariga taklif etdi.