T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


Banklarda hisob kitob cheklari bo'icha hisoblashishlar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
Data

3.8.Banklarda hisob kitob cheklari bo'icha hisoblashishlar
Hisob-kitob cheki - bu hisobvaraq egasi (chek beruvchi) o 'z hisobvarag'idan
oluvchining (chek egasi) hisobvarag'iga chekda ko'rsatilgan summadan mablag'lami
o'tkazib berish uchun bankining maxsus blankasida bankka bergan topshirig'idir.
Chek blankalari tipografik yo'l bilan tijorat banklari buyurtmasiga ko'ra, ulaming
faoliyati uchun etarli bo'lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda cheklar belgilangan
namunadagi 0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo'lgan bank nomi va
firma belgisidan tashqari barcha zaruriy rekvizitlarga ega bo'ladi.
Chekning maksimal summasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan, minimal summasi esa - tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda
belgilanadi. Mijozlaming arizasiga binoan,
bank tomonidan chek berilganda
chekning summasiga 20206- "Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlar" hisobvarag'iga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq
ochiladi va to'lovlam i faqat shu hisobvaraqdan amalga oshiradilar. Chek omonat
qo‘yuvchi jism oniy shaxsning depozit hisobvarag'ida saqlanayotgan m ablag'lar
hisobiga yoki topshirilgan naqd pul summasiga beriladi va u ikki qismdan, ya'ni
chekning o'zi hamda uning milki (koreshogi)dan iborat bo'lib, milk chekida
ko'rsatilgan summani tasdiqlovchi nazorat raqamlari ko'rsatilgan bo'ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda
belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddatida bankka taqdim qilinmagan bo'lsa,
u holda, chek summasi 29842- "Harakatsiz depozit majburiyatlari" hisobvarag'ida
o'tkaziladi. Chek egasi amal qilish muddati tugagan chek bilan bankka murojaat
qilgan takdirda, bank qarshiliksiz chek egasining pasporti bo'yicha chekni qabul
qilishi va to'lab berishi lozim. Mijoz chekni berayotganda bankning javobgar xodimi
quyidagi rekvizitlar: chek berilgan sanani, chek bo'yicha beriladigan summani raqam
va so 'z bilan yozilishi, oluvchining familiyasi, ismi va sharifini, pasport ma’lumotini,
chek beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisobvarag'ini, chek bergan
bankning xos raqami va nomini, chekning amalda bo'ladigan oxirgi sanani tekshirishi
lozim. Shundan so'ng, uni talab bo'yicha rasmiylashtiradi va kassirga beradi. Kassir
barcha hujjatlami tekshirib, rasmiylashtirgandan keyin hisob-kitob chekini oluvchi
shaxsni chaqiradi, oluvchidan chek uchun to'lovni qabul qilib, oluvchiga hisob-kitob
chekini qaytaradi va chek milkini operatsion kunining oxirigacha o'zida qoldiradi.
Hisob-kitob chekining milki raqamlari va sanalari bo'yicha to'langan yoki
qoplangan chek taqqoslash yoki chek summasi bron qilingan 20206- "Jismoniy
shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari" hisobvarag'idan
hisobdan chiqarish uchun bankka kelgunga qadar saqlanadi. Shundan so'ng, hisob-
kitob cheklarining milklari bankning kunlik hujjatlar yig'm asiga tikib qo'yiladi.
Agar mijozlar tomonidan hisob-kitob cheklari bo'yicha to'lovlar amalga


oshirilganda, ulami to'Iash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: tovarlar (ish va
xizmat) uchun haq to'lashga chek taqdim qilinganda, ushbu cheklami qabul qilish
vazifasi yuklatilgan chek ushlovchi korxona xodimining chek berishga asos bo'lgan
hujjatini to'g'riligini tekshirib ko'rib, chek to'lovga qabul qilingandan so 'n g chek
ushlovchi tashkilotning xodimi hisob-kitob chekining orqa tomonidan tashkilotning
muhri va mansabdor shaxsning imzosini qo'yadi.
Agar sotilayotgan tovar (bajarilgan ish yoki ko'rsatilgan xizmat) ning qiymati
chekning summasidan past bo'lsa, u holda, chek ushlovchi tashkilot ushbu chek
summasining 25 foizidan oshmagan miqdoridagi qiymatini naqd pulda berishi
mumkin. Bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo'yicha to'lovlar quyidagi tartibda
amalga oshiriladi, agar chek beruvchi va chek ushlovchi bitta bankda xizmat
ko'rsatilsa, cheklar chek ushlovchining 20206- "Jismoniy shaxslaming talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari" hisobvarag'ining krediti va 19903- "Inkasso
qilingan
pul
tushumlari
va
cheklar"
hisobvarag'i
orqali
chek
beruvchi
hisobvarag'ining debeti bo'yicha o'tkaziladi. Chekning asl nusxasi bankning kunlik
xujjatlar yig'm asiga tikiladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin