а м а л г а о ш и р и ш к о и д а л а р и . Ў зР А В 15.0 4 .2 0 0 4 й и л д а 9 5 7 -1 -с о н
б и л а н р у й х а г г а о л и н г ан
Kassa hujjatlari bank uchun, shuningdek, hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi
tomonlarga kerak b o ‘lgan nusxalar sonida texnik vositalardan foydalanilgan va tijorat
bankining hisob-kitob cheklari esa qo‘lda yozilgan holda to'ldiriladi. Kassa
hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Banklarda har bir operatsiyalami
amalga oshirish
bo‘yicha hujjatlar
aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu qatori, bankning kassa
operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga katta ahamiyat berish zarur, chunki
mijozlardan naqd pul qabul qilinayotganda yoki bank kassasidan ularga naqd pul
berishda bankning operatsion kassasi markazida mijozlaming uzoq vaqt turib
qolishlarining oldi olingan bo'lib, sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatini vujudga
keltiradi. Shu sababdan, banklarda kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar
aylanishi grafigini tuzishni talab etadi (3-chizmaga qarang).
3 -chizma. Kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi tavsifi
Bu erda:
1) bank mijozi buxgalteriya nazoratchisiga naqd pul topshirish haqidagi
e’lonnomani uzatishi; 2) buxgalteriya nazoratchisi mijozning naqd pul topshirish
yuzasidan e'lonnomani ko'rib chiqib, uni kirim kassasi (simvol bo'yicha) jum aliga
qayd qilishi; 3) mijoz naqd pul mablag'larini bank kassiriga topshirishi; 4) kassir
e'lonnoma asosida naqd pul mablag'larini sanab olib, mijozga bank kassasi pattasi
(kvitantsiyasi)ni berishi; 5) nazoratchi va kassir tomonidan barcha hujjatlar hisoblash
markaziga yuborilishi; 6) hisoblash markazi tomonidan yuborilgan naqd pul
m ablag'larini qabul qilish bo'yicha yozilgan hujjatlar asosida nazoratchi topshirilgan
naqd pul mablag'larini mijozning shaxsiy hisobvarag'iga o'tkazilishi berilgan.
Tijorat banklari operatsion kassa markazidan o'zining mijozlariga ish haqi va
unga tenglashtirilgan to'lovlam i berishda kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar
aylanishi grafigini yuqoridagi tartibda belgilashlar va ulaming grafigini bosh
buxgalter va bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bu holda bank
mijozlaridan belgilangan muddatlarda hisob-kitob cheklarini olib, o'm atilgan tartibda
m ablag'lar berilishini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: