Shuningdek, Banklaming kassasida Markaziy bank tomonidan belgilan limitdan
ortiq bo'lgan taqdirda, me'yordan ortiqchasi Markaziy bankda ochilgan 10307-
«Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar-naqd pullar» hisobvarag'iga
o'tkazishlari mumkin. Bunda, buxgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar»
hisobvarag'i,
Kt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i.
Ushbu naqd pullar vaqtinchalik Markaziy bankda zahira sifatida saqlanib
turilishi, aks holda ushbu mablag'larga ehtiyoj sezilganda bank tomonidan oldindan
kassa arizasi beriladi va banka qaytarib beriladi, u holda buxgalteriya hisobida
quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 10101- «Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» hisobvarag'i,
Kt 10307- «Markaziy bankdan olinishi lozim bo'lgan mablag'lar - naqd pullar»
hisobvarag'i.
Dostları ilə paylaş: