va
kredit
belgilangan
muddatda to'lanmagan hollarda
quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: kredit bergan bankda: Muddati
o'tgan kredit to'lov summasiga;
Dt 12105- "Boshqa banklarga berilgan muddati o'tgan kreditlar",
Kt 12101- "Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar" hisobvarag'i.
Kredit olgan bankda muddati o'tgan kredit summasi balansdagi 21602-21606 -
"Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli kreditlar"
hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Muddatida to'lanmagan qarzlar sumrnasidagi kredit resurslari kreditorga
qaytarilayotganda quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: kredit olgan
bankda:
Dt 21602-21606- (tijorat banki) yoki 22114 -(Markaziy bank) "Markaziy
bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli kreditlar",
Kt- «Tijorat banki vakillik hisobvarag'i (o‘ziniki) hisobvarag'i.
Kredit bergan bankda;
Dt- «Tijorat banki vakillik hisobvarag'i»,
Kt
12105-
"Boshqa
banklarga
berilgan
muddati
o‘tgan
kreditlar"
hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Muddatidan oldin bo'shagan qayta moliyalash kreditlarini o‘z vaqtida
qaytarmaganlik
uchun tijorat
banklariga nisbatan
Markaziy
bank
kredit
shartnomasida ko‘zda tutilgan choralar qo'llashga haqli.
Qayta moliyalash kreditlari qaytarilmagan hollarda, Markaziy bank garovga
qo'yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo'yicha talabnoma qo'yish orqali qarz
summasini undirib olish huquqiga ega. Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit
resurslaridan belgilangandan tashqari maqsadlarda foydalanishiga yo'l qo'yilgan
hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi. Ta'sir choralari Markaziy
bank hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banki o'rtasida tuziladigan kredit
shartnomalarida aks ettirilishi shart.
Dostları ilə paylaş: