5.1. Banklarda kredit operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Kredit operatsiyalari (lotincha «creditum» - kredit degan ma'noni anglatadi.)
deganda shartlar asosida, ya'ni qaytarishlilik muddatlilik va to'lovlilik shartlari
asosida ma'lum bir miqdordagi pulni qarzga berish tushuniladi. Boshqacha qilib
aytganda, qarzdor qarzni belgilangan muddat ichida qaytarib berishi va undan
tashqari ma'lum summani to ‘lashi lozim. Bu summa qarzga olingan mablag'lar uchun
to'lov bahosi bo'lib, u kredit uchun foiz deb ataladi. Odatda, zamonaviy bank kreditni
pul shaklida qarzga beradi.
Bank o 'z tabiati jihatidan moliya-kredit tashkiloti bo'lib, uning uchun kredit
operatsiyalari, bank xizmatlarinig bir ko'rinishi hisoblanib, u boshqa bank
operatsiyalari ichida asosiy o'rin egallaydi.
Bank o 'z kredit operatsiyalari uchun faqatgina o'ziga tegishli bo'lgan pul
mablag'larini
ishlatmay,
balki
bunday
pul
mablag'larining
manbalarini
shakllantirishdan hosil bo'lgan pul mablag'larini ham ishlatadi. Bunda boshqa
Banklardan olingan kredit bilan bir qatorda, bank shuningdek pul mablag'larini o 'z
omonatchilaridan va tashkilotlardan turli hisob varaqlarga jalb etadi. Bu erda
m ablag'lar saqlanadi va turli xil hisob-kitoblarda qo'llaniladi. Bunday, pul
mablag'lam i jalb etish ham kredit xarakteriga ega, chunki u ham qaytarishlilik
muddatlilik va to'lovlilik shartlariga asoslanadi, bank esa bu erda qarzdor sifatida
namoyon bo'ladi.
Bank kreditlari muddatiga qarab turlicha bo'ladi (uzoq va qisqa); qarzdoming
tashkiliy - huquqiy tuzilishiga qarab (davlat, xususiy va aktsionerlik jamiyati,
kooperativlar, uyushmalar, boshqa banklar, qo'shm a korxonalar, fermerlar, xususiy
shaxslar va hokazolar); tarmoqqa qarab, (sanoat qishloq xo'jaligi, kommunal kredit);
maqsadiga
qarab
(mavsumiy
xarajatlar
uchun,
to'lov hujjatlami to'lash
uchun, aylanma mablag'lami to'ldirish uchun va boshqa asosiy aktivlar bilan bog'liq
xarajatlami moliyalashtirish) shuningdeq boshqa mezonlarga qarab yirik va kichik
kreditlarga farqlanadi.
Bank kredit berish uchun jalb qilingan barcha mablag'lami va o 'z mablaishrini
ishlatishi mumkin. Tijorat banklari bu mablag'lam ing bir qismini majburiy rezervlar
sifatida Markaziy bankga o'tkazishi kerak va shuningdek, ulaming bir qismini yuqori
likvid m ablag'lar shaklida saqlanishi lozim. M ablag'lar qoldig'i bankning kredit
potentsialini ifodalab, kredit berish uchun ishlatiladi. Bank foyda ko'rib ishlashi
uchun o 'z kredit potentsialidan samarali foydalanishi lozim, bu esa zamonaviy
sharoitlarda juda qiyin masala hisoblanadi.
Bozor
iqtisodiyotida
rejali
iqtisodiyotdan
farqli
o'laroq,
kredit
munosabatlarining markazlashtirilgan qat'iy me'yorlari bo'lmaydi. Bu esa, bank va
qarzdor o'zaro munosabatlari shartnoma asosida tuzilishini anglatib, ikkala tomon
qam teng huquqli va o 'z maqsadlariga asoslangan holda ulami mujassamlashtirib
faoliyat ko'rsatadilar. Qarzdor kredit olish uchun o'ziga munosib bankni tanlashi va
bir y o 'la turli banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin. Bank ham o 'z navbatida
mijozlami tanlash huquqiga ega va unga kredit berishda o'zlariga muhim va foydali
deb topgan shartlami qo'yishi mumkin.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub'ekti - bank va qarz
oluvchining o'zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg'unlashtirishni nazarda
tutadi. Kreditor sifatida banklaming olib boradigan faoliyati ular uchun me'yoriy
b o'lgan hujjat kredit siyosatida o 'z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini
mustaqil tuzadilar. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlami
hisobga olgan holda, o 'z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining
m uhim
tomoni
hisoblanadi.
Tijorat
bankining
kredit
siyosati
kreditlami
boshqarishning asosi hisoblanadi.
Banklarda kredit siyosatiga quyidagicha ta'rif beriladi: bankning kredit siyosati
— kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi xatarlami boshqarishda bank rahbariyati
tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublami belgilovchi hamda bank
rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar
bilan ta'mlnlovchi hujjatdir. Shuningdeq banklarda kredit siyosati bankning kredit
faoliyati maqsadlarini aniq ko'rsatishi va aniqlab berishi shart deyiladi.
Banklaming kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi
hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini
boshqarish bilan bog'liq ob’ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit
siyosatini to 'g 'ri tuzish va olib borish, barcha bo'lim lar tomonidan bu siyosat
maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to'gri olib
borishiga, yuqori xatarlardan krichishga, bank imkoniyatlarini to 'g 'ri aniqlashga asos
hisoblanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit xatarini boshqarish va uni
kamaytirishga yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam
yoki ko'p xodim ishlashdan qat'iy nazar, bankda bu siyosat bo'lishi lozim. Chunki bu
siyosat kredit bo'yicha unifitsiyalashgan umumiy qoida va tamoyillarining
bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning
kredit
siyosati
bankning
hamma
xodimlari - kichik xodimdan yoki bank
boshqaruvi raisigacha bir xil bo'lm og'i lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini
oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to'plam i deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to 'g 'ri kredit narxlari belgilangan
sharoitida muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Kredit siyosatini samarali olib borishda
bank xodimlari bank mijozlarining mablag'larini kimlarga foydalanishga berish
mumkinligini yaqqol bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, qanday shaklda, kimga, qaysi shartlar
bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit
bera turib ular bo'yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun har bir
faoliyat xatar bilan
bog'liq
ekanligini
hech
qachon
esdan
chiqarmaslik
lozim. Bankning kredit siyosati uniyag faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan
xavfli holatlaming oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o'rtasidagi
nisbatning,
bank
majburiyatlari
bilan kapitali o'rtasidagi va boshqa
ko'rsatkichlam ing me'yorda bo'lishini taqozo qiladi.
Oqilona kredit siyosati
beriladigan kreditlaming sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatining asosiy
maqsadi boshqaruv jarayoni,
fondlaming
etarliligi,
xatarlami
sifat darajasi
bo'yicha turkumlari,
kredit portfelining balansi, majburiyatlaming
tarkibiy
qismlarini
ajratish
kabi elementlarini o 'z ichiga olmog'i lozim. Endi
biz bank siyosatiga to'xtaladigan bo'lsak bank siyosati - bankning depozit siyosati,
kredit siyosati,
foiz
siyosati,
valyuta
siyosati,
mijozlarga
kassa-hisob
xizmatini ko'rsatish siyosati va
boshqa bank xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha
siyosati,
banklaming
likvidliligini
ta'minlash
siyosati, kadrlar
siyosati
majmuasidan
iboratdir. Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:
bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish bilan bog'liq masalalar;
bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o'rinbosari, kredit
qo'm itasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro'yxati;
bankning kredit berish
sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish
bo'yicha jami majburiyatlar;
kredit arizalari bo'yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit
ishida
albatta
saqlanadigan hujjatlar ro'yxati;
kredit
ishlari
saqlanishi
va
tekshirilishi
uchun
kim javobgarligi, kim
va qanday holatda ulami olish huquqiga egaligi to'g'risida batafsil ma'lumotlar;
kreditning ta'minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning
asosiy qoidalari;
barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me'yorlar bayoni; eng yuqori kredit
imtiyozlarini belgilash va ko'rsatish;
bank xizmat ko'rsatadigan mintaqa, kredit qo'yilmalarining asosiy qismi joriy
etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; u muammoli kreditlar tarkibi
va tahlili, bunda muammolami qanday hal etilishi ehtimollari ko'rsatiladi.
Qolgan
hujjatlarda
ta'qiqlanadigan
yoki
nomaqbul
kredit turlari
tavsifi anadi.
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha
darajalarda me'yorda amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to 'g 'ri qarorlar
chiqarish, ortiqcha xatarlardan xolos bo'lish, bank kreditlarini to 'g 'ri baholash
imkonini beradi. Shu bilan bir vaqtda kredit siyosati siyosiy, iqtisodiy va huquqiy
shartlarini hisobga olgan holda ancha yumshoq bo'lishi darkor.
Dostları ilə paylaş: |