Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Aks holda ya'ni agar qayta sanash kassasida qayta sanash vaqtida aniqlangan
ortiqcha naqd pul mablag’lari aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib,
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i.
Va bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag’lari
ushbu bank mijoziga tegishli bo’lsa, u mijozning hisobvarag’iga quyidagi
buxgalteriya o ’tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Dt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt "Mijoz depozit hisobvarag’i".
Agar bankning qayta sanash kassasida aniqlangan ortiqcha naqd pul mablag’lari
boshqa bank mijozining 29804-"Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul
tushumlari va cheklari" hisobvarag’iga shartnomada kelishilgan hollarda o’tkazib
berilganda, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari" hisobvarag’i.
Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag’lari kamomad chiqqanligi
aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi
amalga oshiriladi:
Dt 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar"
hisobvarag’i,
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank
mijoziga tegishli bo’lsa va u mijozning hisobvarag’idan shartnomada kelishilgan
shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga
oshiriladi:
Dt "Mijozning depozit hisobvarag’i",
Kt 19935- "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar"
hisobvarag’i.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank
mijozining 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari" balans hisobvarag’idan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib
olinganda, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari" hisobvarag’i,
Kt 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar"
hisobvarag’i.
Dostları ilə paylaş: