qilish muddatining 80% dan ortig'ini yoki lizing ob’ektining qoldiq qiymati lizing
shartnomasi tugagach, uning birlamchi qiymatining 20%dan kamini tashkil etishi;
lizing oluvchi lizing ob’ektini belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati
tugaganidan keyin belgilangan narxda butunlay sotib olish huquqiga ega bo'lishi;
lizing shartnomasi davrida to'lovlaming umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining
90%dan ortig'ini tashkil etishi lozim. Lizing shartnomasi munosabati bilan sarflangan
tnablag'laming qaytarilishi kafolati sifatida lizing beruvchi garov tariqasida bo'lsa
ham lizing oluvchidan bank kafolati yoki uchinchi shaxs kafilligi ta'minotini taqdim
etishni talab qilishi mumkin.
Lizing sharsnomasini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
bank tomonidan lizingga ariza qabul qilinishi va lizing oluvchi bilan muzokaralar olib
borish; lizing oluvchining to'lov qobilyati va uning loyihasining samaradorligi
tog“ risida xulosa chiqarish; lizing shartnomasini tayyorlash va tuzish; lizing beruvchi
bank tomonidan uskunalar etkazib berilishi uchun sotuvchiga buyurtma-naryad
jo'natish; lizing ob’ektini sotib olish-sotish to'g'risidagi shartnomani imzo lash; lizing
uskunalarini foydalanishga qabul qilib olishni amalga oshirish; lizing oluvchi va
sug'urta kompaniyasi o'rtasida lizing ob’ektini sug'urtalash to'g'risidagi shartnomani
imzolashni talab qiladi.
Lizing bo'yicha mablag' oluvchilar banka to'lov qobilyati va o'z loyihasining
samaradorligi tog'risidagi xulosa tayyorlanishi uchun bulg'usi lizing oluvchi va lizing
obektini o'z egaligi va foydalanishiga olishni xoxlagan shaxslar quyidagilarni taqdim
etishlari lozim: oxirgi hisobot sanasiga buxgalteriya balansi; o'z moliyaviy - ishlab
chiqarish imkoniyatlarining tahlili; lizingning butun muddati uchun pulning kelib
tushishi prognozi ko'rsatilgan biznes reja.
Lizing shartnomasi tuzilganidan so'ng lizing beruvchi sotuvchiga uskunalami
etkazib berishi uchun ishlaming bajarilishi shart-sharoitlarini belgilab beruvchi texnik
topshiriqlar va boshqa hujjatlar ilova qilingan buyurtma naryadni jo'natadi. Lizing
beruvchi va sotuvchi o'rtasida lizing ashyosini sotib olish -sotish shartnomasi
tuziladi. Lizing ob’ekti sotuvchisiga to'lov lizing beruvchi tomonidan qonunchilikka
binoan, sotib olish -sotish shartnomasiga muvofiq shakl va muddatlarda amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: