qarz majburiyatlarining uzilishi yoki ular bo'yicha foizlaming to'lanishi bankda
shubha uyg'otsa banklar foizlami o'stirmaslik tamoyilidan foydalanishi lozim. Qarz
majburiyatlari bo'yicha hisoblab yozilgan, lekin olinmagan barcha foizlari quyidagi
hollarda, emitent tomonidan qisqa muddatli qarz majburiyatlarining uzilishi yoki ular
bo'yicha foizlaming to'lanishi 60 kun; 90 kun va undan ortiq muddatga yoki
muddatidan qa’tiy nazar bankda shubha tug'ilganda bank balansidan hisobdan
chiqarilishi mumkin, unda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv orqali amalga
oshiriladi:
Dt 40613- “Korxonalarining qarz qimmatli qog'ozlari bo'yicha foizli
daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 16305-"01di-sotdi qimmatli qog'ozlari bo'yicha hisoblangan foizlar”
hisobvarag'i.
Balansdan chiqarilganidan so'ng qarz majburiyatlari bo'yicha hisoblab yozilgan
foizlaming summasi ko'zda tutilmagan holatlar, ya'ni,
Dt 95411- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar” hisobvarag'i,
Kt 96333- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar kontr-hisobvarag'i” va undirilganda ushbu hisobvaraqlarda teskari yozuv
amalga oshiriladi.
Banklarda qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi operatsiyalari bilan bog'liq
xarajatlar (vosita haqi, ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lov, qimmatli qog'ozlami
sotishda broker uchun mukofot puli va boshqalar) 55110 «Qimmatli qog'ozlaming
oldi-sotdi operatsiyalari bo'yicha to'lanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari»
hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: