T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda qimmatli qog‘ozIar bo'yicha vositachilik operatsiyalari



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Data

7.4. Banklarda qimmatli qog‘ozIar bo'yicha vositachilik operatsiyalari
va muddatli bitimlar hisobi
Banklar mijozlar bilan tuzilgan vositachilik yoki topshirig' shartnomalari
asosida qimmatli qog'ozlar oldi - sotdisi bo'yicha operatsiyalarini bajarishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlami sotib olish uchun mijozlar tomonidan o'tkazilgan pul
mablag'lari hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo'yicha sotishdan olingan
pul mablag'larining hisobi 22608- «Mijozlaming qimmatli qog'ozlar bilan bo'ladigan
operatsiyalari bo'yicha mablag'lari» hisobvarag'ida yuritiladi. Analitik hisobi
mijozlaming shaxsiy hisobvaraqlari bo'yicha yuritiladi.
Sotish uchun olingan yoki mijoz topshirig'ining bajarilishi natijasida sotib
olingan naq qimmatli qog'ozlar 93616- «Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan
qimmatli qog'ozlari» va 93623- «Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog'ozlar tijorat
hujjatlari» ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida nominal qiymat bo'yicha:
Dt 93616-«Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog'ozlari» yoki
93623-«Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog'ozlar tijorat hujjatlari» hisobvarag'i,
Kt 96379 «Saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar
bo'yicha kontr-hisobvarag'i».
Analitik hisobi har bir shartnoma bo'yicha ochiladigan alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda yuritiladi.
Mijozlaming topshirig'i bo'yicha qimmatli qog'ozlami sotishda, sotilmagan
qimmatli qog'ozlami mijozlarga qaytarishda, shuningdek, mijozlarga ulaming
topshirig'i bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlami topshirishda nominal qiymat
bo'yicha quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 96379 «Saqlanayotgan qimmatli qog'ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar
bo'yicha kontr-hisobvarag'i»,
Kt 93616-«Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog'ozlari» yoki
93623-«Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog'ozlar tijorat hujjatlari».
Banklar tomonidan brokerlik operatsiyalarini bajarishdan olingan daromadlar
esa 45209 «Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan brokerlik operatsiyalari
bo'yicha daromadlar» hisobvarag‘ining kreditiga o'tkaziladi va daromad sifatida tan


olinadi.
Qimmatli qog'ozlar bilan muddatli bitimlar deganda,- bitimni tuzish sanasidan
farq qiluvchi hisob-kitoblaming aniq sanasi ko'rsatilgan holda shartnomalar bilan
rasmiylashtirilgan qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari (REPO bitimlari,
fyucherslar va x.k.) tushuniladi.
Muddatli bitimlar tuzishda hisob-kitob qilish sanasi bitimni tuzish sanasi bilan
mos kelmaydi. Muddatli bitimlar Markaziy bankning me'yoriy hujjatlariga muvofiq,
bitim tuzish sanasidan boshlab hisob-kitoblar o'tkazish muddatiga qadar ko'zda
tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Hisob-kitoblar boshlangan kuni
bir vaqtning o'zida belgilangan tartibda balans hisobvaraqlarida aks ettirish bilan
birga bitimlami ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olish to'xtatiladi.
Shuningdek, qimmatli qog'ozlar operatsiyalarida fyuchers kontraktlari ham tuzilishi
mumkin. Fyuchers kontraktlarini tuzishda qimmatli qog'ozlaming xaridori bo'lgan
bank ulami sotib olish bo'yicha majburiyatlarini bitim tuzish sanasidan boshlab,
hisob-kitoblar qilish sanasigacha hisobga oladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha
aks ettiriladi; 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar”
debetlanib, 96374- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar
kontr- hisobvarag'i” kreditlanadi. Qimmatli qog'ozlaming turlari va shartnomalari
bo'yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar yuritiladi. Hisob-kitoblar sanasi kelganda,
ulaming haqini to'lashda va olishda xaridor bank tomonidan qimmatli qog'ozlami
sotib olish bo'yicha balans hisobida tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya
hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi;
Dt 96374- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar kontr-
hisobvarag'i”,
Kt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar”
hisobvarag'i.
Fyuchers kontraktlarini tuzishda qimmatli qog'ozlaming sotuvchisi bo'lgan
bank ulami etkazib berish bo'yicha majburiyatlarni bitim tuzish sanasidan boshlab,
ular bo'yicha hisob-kitoblar qilinadigan sanagacha hisobga oladi:
Dt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar”
hisobvarag'i,
Kt 96376- “Qimmatli qog'ozlami sotish bo'yicha muddatli bitimlar kontr-
hisobvarag'i”.
Hisob-kitoblar sanasi kelganda, ulaming haqini olishda va etkazib berishda
sotuvchi bank tomonidan qimmatli qog'ozlami sotish bo'yicha balans hisobida
tegishli buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko'zda tutilmagan
holatlar hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bajariladi,
Dt 96376- “Qimmatli qog'ozlami sotish bo'yicha muddatli bitimlar kontr-
hisobvarag'i”,
Kt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar”
hisobvarag'i.
Shuningdek, banklarda qimmatli qog'ozlar operatsiyalari bo'yicha REPO
operatsiyalari ham amalga oshiriladi. REPO (qayta sotib olish sharti bilan qimmatli


qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuv) bitimi deganda, - ma'lum
muddatdan so'ng oldindan kelishilgan bahoda sotib olish majburiyati bilan qimmatli
qog'ozlami sotish bo'yicha tuzilgan bitim tushuniladi. REPO bitimlari quyidagi
tamoyillaming hech bo'lmaganda biri
bajarilgan taqdirda moliyalashtirish
operatsiyalari sifatida hisobga olinadi: aw al sotilgan qimmatli qog'ozlaming o'zi
qayta sotib olinsa; agar qayta sotib olinayotgan qimmatli qog'ozlar barcha jihatlariga
ko'ra sotilgan qimmatli qog'ozlarga o'xshasa.
Qimmatli qog'ozlar quyidagi shartlar bajarilsa "barcha jihatlariga ko'ra
o'xshash" deb qaraladi: qimmatli qog'ozlar bo'yicha bir shaxs va shu shaxsning o'zi
majburiyatlar olgan bo'lishi; qimmatli qog'oz egalarini bir xil tavakkalchilik va
huquqlar bilan ta'minlanishlari uchun ushbu qog'ozlar shakl va ko'rinishi jihatidan
bir xil bo'lishi; qimmatli qog'ozlar bir xil foiz stavkasiga ega bo'lishi; qimmatli
qog'ozlar bir xil to'lov muddatiga ega bo'lishi; qimmatli qog'ozlar bir xil nominal
qiymatga ega bo'lishi zarur. Aks holda REPO bitimlari qimmatli qog'ozlar oldi -
sotdisi operatsiyalari sifatida hisobga olinadi.
Ayrim holatlarda qimmatli qog'ozlar bo'yicha operatsiyalar REPO bitimlari
hisobini moliyalashtirish operatsiyalari sifatida hisobga olinadi. REPO bitimlarining
yuridik shakli oldi-sotdi bitimi bo'lganligi sababli, ushbu operatsiyalaming iqtisodiy
mohiyati xarid qilingan qimmatli qog'ozlar bilan ta'minlangan moliyalashtirishdir.
Xalqaro andozalarga muvofiq, buxgalteriya hisobi uning yuridik shakliga emas,
iqtisodiy mohiyatiga qarab amalga oshirilishi lozim. REPO bitimlari qimmatli
qog'ozlar garovi asosida kreditlash operatsiyalaridan shu bilan farq qiladiki, qayta
sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimi to'g'risidagi kelishuvning
birinchi qismini bajarishda ularga egalik qilish huquqi qarzdordan kreditorga o'tadi.
Ushbu operatsiyalarda qimmatli qog'ozlar sotuvchisi qarzdor, xaridor esa pul
mablag'lari kreditori rolini bajaradi. REPO kelishuvida ko'rsatilgan muddat
tugagach, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilgan taqdirda ularga egalik qilish
huquqi qayta kreditordan qarzdorga o'tadi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog'ozlami sotuvchi
bank tomonidan bitimning birinchi qismi bo'yicha ulami sotish summasiga quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 10103-“PuI almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i.
Bir vaqtning o'zida bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan
qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi
qismini bajarishda bank tomonidan sotib olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar
summasiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya yozuvi
bajariladi. 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar” -
hisobvarag'ida qimmatli qog'ozlar REPO operatsiyalarining birinchi qismiga,
ulaming sotilish sanasidan boshlab esa, bank tomonidan ikkinchi qismiga muvofiq,
sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.


Kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlami qayta sotib olish
narxi va kelishuvning birinchi qismi bo'yicha ulami sotish narxi o'rtasidagi farq o'z
mohiyatiga ko'ra olingan pul mablag'lari uchun to'lov hisoblanadi. Ko'rsatilgan farq
amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti
bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimi to'g'risidagi kelishuvning amal qilish
muddati davomida foizli xarajatlar:
Dt 54300-“Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan- REPO bitimlari
bo'yicha foizli xarajatlar” hisobvarag'i,
Kt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning
ikkinchi qismi bo'yicha qayta sotib olingan qimmatli qog'ozlar summasiga quyidagi
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Dt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i,
Kt 10301- “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro” yoki 20200-
“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Bir vaqtning o'zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlaming oldi-
sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan
sotib
olingan qimmatli
qog'ozlar summasiga ko'zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya yozuvi bajariladi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvlarda har bir tomon o 'z majburiyatlarini bajarmasa, odatda
jarima choralarini qo'llashlari mumkin. Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan
hamda qimmatli qog'ozlar xaridor portfeliga o'tkazilgan taqdirda sotuvchi-bank
quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi:
Dt 22300-“REPO bitimlari bo'yicha sotilgan qimmatli qog'ozlar” hisobvarag'i -
bitimning ikkinchi qismiga ko'ra qayta sotib olinayotgan summasi,
Kt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” yoki 11300- “Sotib olingan
veksellar” yoki 15900-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar” hisobvaraqlaming - qimmatli qog'ozlar balans
qiymati summasi.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlar xaridi narxi va uning
balans qiymati o'rtasidagi farq tegishli foyda va zararlar hisobvarag'iga kiritiladi.
Bir vaqtda hisob-kitoblar sanasi kelganda, qimmatli qog'ozlar haqini to'lashda
va ulami olishda xaridor bank tomonidan ulami sotib olish bo'yicha balans hisobida
tegishli o'tkazmalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko'zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlari bo'yicha quyidagi yozuv bajariladi:
Dt 96374- ‘Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar kontr-
hisobvarag'i”,
Kt 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha muddatli bitimlar”
hisobvarag'i.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari


to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog'ozlami xarid
qiluvchi bank kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmali qog'ozlar xaridi
summasiga buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Dt 11800- “REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”
hisobvarag'i,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i.
Ayni vaqtda bank tomonidan xarid qilingan va qayta sotib olish sharti bilan
qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini
bajarishda bank sotishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar qiymatiga ko'zda
tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo'yicha ham hisobga olinadi.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlami qayta sotish narxi va
kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlar xaridi narxi o'rtasidagi farq
o'z mohiyatiga ko'ra sotib oluvchi bank tomonidan berilgan pul mablag'lari uchun
to'lov hisoblanadi. Ko'rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va oluvchi bank
tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimi
to'g'risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli daromadlar
hisobvarag'iga kiritiladi, bunda,
Dt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar”
hisobvarag'i,
Kt 45000-“Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo'yicha
foizli daromadlar” hisobvarag'ida daromad sifatida xisobga olinadi.
Banklar REPO bitimi bo'yicha kontragentning moliyaviy ahvoli yomonlashgan
holda qimmatli qog'ozlaming qayta xaridi bankda shubha uyg'otsa, foizlami
o'stirmaslik tamoyillaridan foydalanishlari lozim. Bunda foizli daromad bank
balansidan quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan hisobdan chiqariladi, bunda,
Dt 45000-“Qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo'yicha
foizli daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar”
hisobvarag'i.
Hisobdan chiqarilgandan so'ng kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli
qog'ozlami qayta sotish narxi va kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmatli
qog'ozlar xarid narxi o'rtasidagi farq amortizatsiyasi ko'zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlariga, ya'ni
Dt 95411- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar” hisobvarag'i,
Kt 96333-“01inishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar” hisobvarag'i.
Ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'ida yuritiladigan hisob REPO
kelishuvining ikkinchi qismi bajarilganidan so'ng to'xtatiladi va bunga
Dt 96333-“01inishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar” hisobvarag'i,
Kt 95411- “Olinishi lozim bo'lgan qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan
foizlar” hisobvarag'i.
Balans hisoboti sanasida kelishuvning birinchi qismi bo'yicha sotib olingan


qimmatli qog'ozlaming bozor qiymati balans qiymati bilan tenglashtiriladi. Bozor
qiymati balans qiymatidan tushib ketsa, bank xarajatlari hisobidan ko'rilishi mumkin
bo'lgan zararlami qoplash zahirasi tashkil etiladi. Bunda balans va bozor o'rtasidagi
farq summasiga
Dt 56824-“REPO bitimlari bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami
baholash” hisobvarag'i,
Kt 11899-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlardan
ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i.
Bozor qiymati balans qiymatidan oshib ketsa zahira nolga tenglashtiriladi:
Dt 11899 -“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlardan
ko'rilishi mumkin byo'lgan zararlami qoplash zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i,
Kt
56824-“REPO bitimlari bo'yicha ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami
baholash” hisobvarag'i.
REPO bitimiga doir ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi har
bir REPO kelishuvi bo'yicha alohida belgilanadi. Agar awal tashkil etilgan ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi miqdori yangi hisoblangan ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasidan oshib ketsa, zahira oshib ketish
summasiga kamaytiriladi. Agar awal tashkil etilgan ko'rilishi mumkin bo'lgan
zararlami qoplash zahirasi miqdori yangi hisoblangan ko'rilishi mumkin bo'lgan
zararlami qoplash zahirasidan kam bo'lsa, zahira hisoblangan hajmgacha qo'shimcha
ravishda ko'paytiriladi. Ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi kontr-
aktiv hisobvaraq bo'lib, REPO bitimi bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlaming
umumiy balans qiymatidan chegiriladi va 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib
olingan qimmatli qog'ozlar” hisobvaraqqa quyidagi tarzda taqdim qilinadi: REPO
bitimlari bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlar hisobvarag'i - balans qiymati
minus REPO bitimlari bo'yicha xarid qilingan qimmatli qog'ozlarga doir ko'rilishi
mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi = REPO bitimlari bo'yicha xarid qilingan
qimmatli qog'ozlar hisobvarag'i - sof qiymati.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank quyidagi buxgalteriya
yozuvini bajaradi:
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar”
hisobvarag'i - kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli qog'ozlami qayta
sotish summasi. Ayni vaqtda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-
sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan
sotilgan qimmatli qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvaragi
bo'yicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Bunda kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan va qimmatli qog'ozlar xaridor
bank portfeliga o'tkazilgan taqdirda quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi:
qimmatli qog'ozlar bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo'yicha qimmatli
qog'ozlar xaridi summasidan oshib ketsa: ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami
qoplash zahirasi miqdorini to'g'rilashga doir buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi;


qimmatli qog'ozlami bank portfeliga o'tkazishga doir operatsiyalarga esa,
buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi;
Dt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” yoki
11300-“Sotib olingan
veksellar”
yoki 15900-“So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar”
hisobvarag'i - kelishuvning birinchi qismi bo'yicha xarid qilinadigan qimmatli
qog'ozlar summasi.
Qimmatli qog'ozlaming bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo'yicha
qimmatli qog'ozlar olish summasidan kam bo'lsa: ko'rilishi mumkin bo'lgan
zararlami qoplash zahirasi miqdorini to'g'rilashga doir buxgalteriya yozuvi amalga
oshiriladi; qimmatli qog'ozlami bank portfeliga o'tkazishga operatsiyalar uchun,
Dt 10700-“01di-sotdi qimmatli qog'ozlari” yoki
11300-“Sotib olingan
veksellar”
yoki 15900-“So'ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli
qog'ozlarga qilingan investitsiyalar”- bozor qiymatiga,
Dt 11899-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlardan
ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlami qoplash zahirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag'i,
Kt
11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar” -
kelishuvning birinchi qismi bo'yicha xarid qilinadigan qimmatli qog'ozlar summasi
sifatida xisobga olinadi.
Bunda, bank foizlami o'stirmaslik tamoyillariga amal qilmagan bo'lsa,
kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800-“REPO bitimlari bo'yicha
sotib olingan qimmatli qog'ozlar” - hisobvarag'ida hisobga olingan qimmatli
qog'ozlaming balans qiymati kelishuvning ikkinchi qismi bo'yicha qimmatli
qog'ozlami qayta sotish summasiga teng bo'lishi lozim. Kelishuvning ikkinchi qismi
bajarilmagan holda bank foizli daromadlami balansdan chiqarishi, ya'ni foizlami
o'stirmaslik tamoyillarini qo'llaydi, bunda.
Dt 45000- “Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari buyicha
foizli daromadlar” hisobvarag'i,
Kt 11800-“REPO bitimlari bo'yicha sotib olingan qimmatli qog'ozlar”
hisobvarag'ida daromad sifatida tan olinadi.
Shu bilan bir qatorda, REPO bitimlari qimmatli qog'ozlaming oldi-sotdi
operatsiyalari sifatida ham hisobga olinadi. Bunda, qayta sotib olish sharti bilan
qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini
bajarishda qimmatli qog'ozlar sotuvchisi bo'lgan bank balans hisobida qimmatli
qog'ozlar sotuvi bo'yicha tegishli buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi. Bunda
sotilgan qimmatli qog'ozlar bank balansidan chiqariladi. Ayni vaqtda bank
tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi
bitimlari to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotib olishi


lozim bo'lgan
qimmatli
qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan
holatlar
hisobvarag'ida hisobga olinadi. 92802- “Qimmatli qog'ozlami sotib olish bo'yicha
muddatli bitimlar” -hisobvarag'ida qimmatli qog'ozlar REPO operatsiyasining
birinchi qismiga muvofiq, ulaming xaridi sanasidan boshlab bank tomonidan REPO
operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog'ozlami sotish muddatigacha
hisobga olinadi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bankning balans hisobida
qimmatli qog'ozlar xaridi bo'yicha tegishli buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi.
Ayni vaqtda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan
qimmatli qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'i bo'yicha ham
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari
to'g'risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog'ozlar xaridori
bo'lgan bankning balans hisobida qimmatli qog'ozlar sotuvi bo'yicha tegishli
buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi. Ayni vaqtda bank tomonidan sotib olingan va
qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi bitimlari to'g'risidagi
kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bo'lgan qimmatli
qog'ozlar qiymatiga ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'iga ham o'zgarish
summasi buxgalteriya hisobida yozib qo'yiladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin