T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklam ing ustav kapitalini ko'paytirish bilan



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
Data

7.6. Banklam ing ustav kapitalini ko'paytirish bilan
bogMiq operatsiyalar hisobi
Bank ustavida e’lon qilingan aktsiyalami joylashtirilish tartibi va shartlari hamda
huquq va burchlari qar bir tur aktsiyani olish uchun belgilangan. Ushbu shart-
sharoitlar ustavda keltirilmagan bo'lsa u holda jamiyat qo'shimcha bunday turdagi
aktsiyalami chiqarish va joylashtirish huquqiga ega bo'lmaydi. Jamiyatning ustaviga
o'zgartirish va to'ldirishlar aktsionerlaming umumiy yig'ilishi qarori asosida qabul
qilinib kiritiladi.
Aktsioner jamiyatining dastlabki joylashtirilgan aktsiyalari uchun hamma
to'lovlar amalga oshirilgandan keyin, yangi aktsiya emissiyasini chiqarish mumkin.
Navbatdagi aktsiyani chiqarish tartibi oldingi aktsiya emissiyasi bo'yicha hamma
hisob-kitoblar
yakuniga etkazilib bo'lgandan keyin ta'sis xujjatiga o'zgartirish
kiritilib, shundan so'ng chiqariladigan aktsiyani davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.
Qimmatli qog'ozlaming emissiyasini ro'yxatga oluvchi organlar davlat
ro'yxatidan o'tkazish va ro'yxatga olishi uchun emitent tomonidan quyidagi hujjatlar
taqdim etiladi: qimmatli qog'ozlami ro'yxatga olish to'g'risidagi arizasi, biznes reja
(investitsiya deklaratsiyasi), ta'sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi
(o'zgarish va qo'shimchalar kiritilgan holda), tegishli boshqaruv organlaridan davlat
ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi emitent guvohnoma nusxasi, qimmatli qog'ozlami
chiqarish to'g'risidagi oliy boshqaruv organining qarori, ikki nusxadagi qimmatli
qog'ozlar emissiya prospekti (qimmatli qog'ozni (ommaviy) ochiq joylashtirilganda),


ikki nusxada qimmatli qog'oz to'g'risida axborot ma'lumoti (qimmatli qog'ozni
yopiq (xususiy) joylashtirilganda), ikki nusxadagi qimmatli qog'ozning namuna
nusxasi, o'matilgan miqdordagi yig'imlami to'laganlik to'g'risidagi to'lov
hujjatlaridan ko'chirma nusxasi, oldingi chiqarilgan emissiya yakuni to'g'risida
hisobot (ikkilamchi va navbatdagi emissiya) va boshqalar.
Emitent tomonidan arizaga zaruriy hujjatlar ilova qilib berilgan muddatdan 20
kun ichida kechikmasdan qimmatli qog'ozni chiqarish davlat ro'yxatidan o'tkazilib,
hamma hujjatlar va hujjatlardagi ma'lumotlar talab darajasida bo'lsa, emitentga oy,
kun, yili va davlat ro'yxatga olingan son raqami ko'rsatilgan va buni tasdiqlovchi
guvohnoma beradi.
«Qimmatli qog'ozlami milliy yagona identifikatsiya sonlash tizimi va qimmatli
qog'ozlami chiqarishni yagona davlat reestrini yuritish tartibi» asosida qimmatli
qog'ozlami ro'yxatga olinib davlat raqami beriladi. Emitentga ip bilan tikilgan va
ro'yxatga oluvchi organ tomonidan pechat muhri bilan tasdiqlangan bir nusxada
emissiya prospekti, guvohnoma ko'rsatigan naryad
bilan birgalikda beriladi.
Qimmatli qog'oz ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin 10 kun muddat ichida emissiya
prospekti ommaviy axborot vositasida yoki maxsus nashrda aniq markazdan hamma
potentsial qimmatli qog'oz xaridorlarini aborot berib xabardor qilish maqsadida
nashr etiladi.
Agar emitent qimmatli qog'ozlami ochiq joylashtirsa, u holda bir vaqtning
o'zida qimmatli qog'ozlami chiqarish to'g'risida ma'lumotlar albatta ko'rsatilib,
ommaviy axborot vositalarida xabar beriladi. Unda, emitentning statusi, to'lik nomi,
manzili, chiqariladigan qimmatli qog'ozning turi va hajmi miqdori, mulkdoming
investor doirasi, qimmatli qog'ozni ommaviy chiqarish va yakunlash muddati,
emissiya prospekti bilan tanishtirilishi, ushbu chiqarilayotgan qimmatli qog'ozni
olishi mumkin bo'lgan joy va shu kabi ma'lumotlar ko'rsatilishi kerak.
Navbatdagi emissiya prospekti ro'yxatga olingandan keyin bank ustav kapitaliga
mablag'ni jalb qilishga faol kirishadi. Aktsionerlar yangi chiqarilgan aktsiyaga a’zo
bo'lishni kafolatlash uchun qo'yilmalarini depozitga qo'yishi mumkin, bu holda
buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 29830- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash bo'yicha depozitlar”
hisobvarag'i.
Agar aktsiyalar sotilganda va aktsiya (sertifikati) blankasi berilganda
buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv amalga oshiriladi:
Dt 29830- “Aktsiyalar uchun obuna mablag'ini to'lash bo'yicha depozitlar”
hisobvarag'i,
Kt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” hisobvarag'i.
Bir vaqtning o'zida aktsiya sertifikati berilganda,
Dt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
“Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i,
Kt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” hisobvarag'i.
E'lon qilingan aktsiyalar uchun dividend hisoblanganda:


Dt 31203-
“Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” - yillik dividend
hisoblanganda,
Dt 31206- “S o f foyda (zarar) (aktiv-passiv)”- oraliq dividend hisoblanganda
hisobvarag'i,
Kt 29822- “To'lanishi lozim bo'lgan dividendlar” hisobvarag'i.
Bank farmoyishiga ko'ra imtiyozli aktsiyalar uchun dividend hisoblash davrida
bank foydasi yetishmagan holatda 30903 - «Umumiy zahira fondi» hisobvarag'i
hisobidan qoplanadi. Bunda,
Dt 30903-«Umumiy zahira fondi» hisobvarag'i,
Kt 29822- “To'lanishi lozim bo'lgan dividendlar” hisobvarag'i va dividend
to'langanda, esa,
Dt 29822- “To'lanishi lozim bo'lgan dividendlar” hisobvarag'i,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” -hisobvarag'i.
Agar banklar tomonidan xarid qilingan o'z aktsiyalarini Markaziy bankning
ruxsati bilan qayta sotishi yoki aktsiyani bekor qilishi mumkin. Ular,
Dt 30321- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Imtiyozli (kontr-
passiv)” va 30324- Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” hisobvaraqlari,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”- hisobvarag'i yoki
mijozning hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Xarid qilingan aktsiyalar haqiqiy xarid bahosida balans hisobida aktsioner
kapitali umumiy summasidan ayrilib hisobga olinadi, bunda,
Dt 30321- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” va 30324- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” hisobvarag'lari,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”- hisobvarag'i yoki
mijozning hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Agar bank aktsiyasini bekor qilish uchun xarid qilsa, 90327- “Bankning
qimmatli qog'ozlari blankalari” hisobvarag'idan, 96314- “Bankning qimmatli
qoh'ozlari blankalari bo'yicha kontr-hisobvarag'i”ga o'tkaziladi. Ushbu xarid
qilingan aktsiya keyingi ikkilamchi bozorda yuqori bahoda qayta sotilsa,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 30321- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” va 30324- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” aktsiiyaning haqiqiy bahosiga hisobga olinadi.
Aktsiyani sotib olish narxiga
Dt 30321- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” va 30324-“Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” hisobvarag'i - aktsiyaning haqiqiy bahosi,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'ida hisobga olinadi.
Xarid qilib olingan aktsiyalar qayta sotilganda 30603- «Qo'shilgan kapital


hisobvarag'ining» «Xarid qilingan o'z aktsiyasini sotishdan qo'shilgan kapital»
balans hisobvaragida xarid qiymati bilan qayta sotish o'rtasidagi ijobiy farq
summasiga
hisobga olinadi. Bir vaqtning o'zida aktsiya (sertifikati) blankasi
berilganda, 96314- «Bankning qimmatli qog'ozlari bo'yicha kontr -hisobvarag'idan,
aktsiyaning nominal bahosiga 90337- «Bankning sotib olingan qimmatli qog'ozlari»
hisobvarag'i o'tkaziladi.
Xarid kilingan aktsiyalar ikkilamchi bozorda xarid narxidan past bahoda sotilsa
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” yoki 20200-“Talab
qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag'i,
Kt 30321- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” yoki 30324- -“Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy
(kontr-passiv)” hisobvarag'i- aktsiiyaning haqiqiy bahosi.
Bunda aktsiyalaming sotib olish bahosi va ulami qayta sotish bahosi o'rtasidagi
salbiy farq 30603- «Qo'shimcha kapital» hisobvarag'i «Xarid qilingan o'z
aktsiyalarini sotishdan olingan qo'shimcha kapital» shaxsiy hisobvarag'iga uning
kredit qoldigi miqdori chegarasida o'tkaziladi. 30603- «Qo'shimcha kapital»
hisobvarag'ining «Xarid qilingan o'z aktsiyalarini sotishdan olingan qo'shimcha
kapital» shaxsiy hisobvarag'i nolga teng bo'lsa, salbiy farq 31206-«Sof foyda(zarar)»
hisobvarag'iga o'tkaziladi. Aktsiyalami bekor qilishda va bank aktsiyadorlik
kapitalini kamaytirishda
Dt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30318- “Chiqarilgan
ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i,
Kt 30321- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Imtiyozli (kontr-
passiv)” yoki 30324- “Aktsiyadorlardan qayta sotib olingan aktsiyalar - Oddiy (kontr-
passiv)” hisobvarag'i.
Ulaming sotib olish narxi buxgalteriya hisobida teskari provodka beriladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin