T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banrlarda xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109
Data

6.4. Banrlarda xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobi
Tovar va xizmatlami eksport-import qilish bilan bog'liq xalqaro hisob-kitob
operatsiyalari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro savdo palatasining bir
xillashtirilgan qoida va tamoyillari hamda tegishli me'yoriy hujjatlar bilan tartibga
solinadi. Tovar va xizmatlami eksport-import qilish bilan bog'liq xalqaro hisob-kitob
operatsiyalari vakolatli tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday
operatsiyalar amalga oshiriladigan ish uchastkasi mijozlar va xorijiy banklar bilan
to'g'ri munosabat o'mata oladigan, tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklami
xalqaro qoida va taomillarga muvofiq hal qilish yo'llarini topa oladigan, yuqori
malakali xodimlar bilan ta'minlashni talab qiladi. Shuni hisobga olish zarurki, hisob-
kitoblami amalga oshirish vaqtida bank yo'l qo'ygan har qanday xato jarima va
burdsizlik to'lovi shaklidagi valyuta yo'qotishlariga olib keladi.
Tovar va xizmatlami eksport-import qilish bilan bog'liq xalqaro hisob-kitob
operatsiyalarida hisob-kitob shakli eksportchilar va importchilar tomonidan
shartnoma tuzish vaqtida belgilanadi. Hozirda quyidagi xalqaro hisob-kitob shakllari
qo'llanilmoqda: inkasso, akkreditiv, bank o'tkazmalari (o'tkazma topshiriqnomalari).
Inkasso - bu eksportchining o'z bankiga importchidan ma'lum miqdordagi
summani olishni yoki ushbu mablag'lami belgilangan muddatda to'lab berilishi
haqida tasdiq (aktsept)ni olish to'g'risidagi topshirig'idir. Xalqaro amaliyotda inkasso
quyidagi turlarga bo'linadi: sof inkasso va hujjatli inkasso. Sof inkasso - bu pul
majburiyatlari (masalan cheklar va veksellar) bo'yicha mijozga tegishli bo'lgan
mablag'lami olishdir. Hujjatli inkasso - bu mijozga tegishli bo'lgan mablag'lami
tijorat hujjatlari (tovarlar etkazib berilganligi, ish va xizmatlar bajarilganligini
tasdiqlovchi transport, sug'urta hujjatlari va boshqalar) bo'yicha olishdir. Quyidagi
chizmada eksport operatsiyalari bo'yicha oldindan aktseptlab to'lanadigan hujjatli
inkasso bilan hisob-kitoblar tartibi keltirilgan (3-chizmaga harang):
3-chizma. Eksport operatsiyalari bo'yicha oldindan aktseptlab to'lanadigan hujjatli inkasso bilan
hisob-kitoblar bo'yicha hujjatlar aylanishi.
Bu yerda,
Tovarlar etkazib beriladi; 2) Inkasso banka taqdim etiladi; 3) Inkasso chet el
bankiga jo'natiladi; 4) Importchi korxonaga to'lov hujjatlari kelib tushganligi haqida
xabar beriladi; 5) Inkasso importchi tomonidan aktseptlanadi; 6) Chet el banki
tomonidan mablag'lar eksportchining banki vakillik hisobvarag'iga kirim qilinadi; 7)
Vakolatli banki mablag'lami mijozi - eksportchi korxonaning valyutadagi tranzit
hisobvarag'iga kirim qilinish i izohlangan.
Hozirgi xalqaro savdoni kredit vositasi hamda to'lovlami ta'minlash va amalga
oshirish chorasi bo'lgan akkreditivsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Akkreditiv -
bankning tovarlarni yoki xizmatlami sotuvchiga muayyan pul summasini tovar
jo'natilganligi yoki shartnomadagi xizmatlar bajarilganligini tasdiqlaydigan tegishli


hujjatlar o'z vaqtida taqdim etilgan hollarda to'lash haqidagi qat'iy majburiyatidir.
To'lovning bajarilishini ta'minlash darajasiga qarab akkreditivlar qaytarib olinadigan
va qaytarib olinmaydigan akkreditivlarga bo'linadi. Xalqaro banklar amaliyotida
hujjatli
akkreditivlaming quyidagi turlari mavjud:
tasdiqlangan
akkreditiv,
tasdiqlanmagan akkreditiv, aktseptli akkreditiv, to'lov muddati kechiktirilgan
akkreditiv, muddatli akkreditiv, bo'nak to'lanadigan akkreditiv va revolver
akkreditivlar ( 4-chizmaga qarang).
4-chizma. Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar bo'yicha hujjatlar aylanishi tartibi
96
Bu yerda,
1)
eksportchi va importchi o'rtasida akkreditiv shartnomasi tuziladi; 2)
eksportchining foydasiga akkreditiv hisobvarag'ini ochish to‘g‘risida ariza beradi; 3)
bank-emitent akkreditivni xat orqali yoki telekommunikatsiya vositalari orqali
sotuvchi turgan mamlakatdagi banka topshiriqnoma bilan yoki akkreditivni
tasdiqlashga vakolat berish bilan jo ‘natadi; 4) bank-benefitsiar akkreditiv
hisobvarag'ini ochib, bu haqda sotuvchiga xabar beradi: 5) sotuvchi
tovarlarni
jo ‘natadi; 6) akkreditiv shartnomasiga muvofiq tovarlar jo'natilganligini tasdiqlovchi
hujjatlami taqdim etadi; 7) chet el banki mablag'lami sotuvchining hisobvarag'iga
kirim qiladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: 8) akkreditiv
muddati tugagandan keyin yoki amaldagi qonunchilik bo'yicha boshqa hollarda
ishlatilmagan summa sotib oluvchining bankiga qaytariladi: 9) bank-emitent kelib
tushgan mablag'lami mijozining hisobvarag'iga kirim qilinishi izohlangan.
6.5. Naqd chet el valyutalariga oid operatsiyalam i amalga oshirish
va ularni hisobga olish
Vakolatli banklar bo'linmalari almashlash punktlari orqali rezidentlar va
norezidentlar bo'lmish jismoniy shaxslardan chet el valyutasining sotib olinishini
amalga oshiradilar. Bank bo'linmalari ish boshlaguniga qadar almashlash
punktlarining kassirlarini qat'iy hisobot blanklari va kun davomida punktning faoliyat
yuritishi uchun etarli bo'lgan miqdordagi so'mlar va chet el valyutasidagi bo'nak
bilan ta'minlaydilar. Bo'nakning berilishi va naqd chet el valyutasi va chet el
valyutasidagi to'lov hujjatlarining xarid qilinishi chog'ida quyidagi buxgalteriya
yozuvlari amalga oshiriladi.
So'mlardagi naqd pullar summasining almashlash punkti xodimiga hisobot
uchun berish: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Almashlash punkti tomonidan sotib olingan naqd chet el valyutasi summasiga:
faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”,


Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
Faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Naqd pullar qoldig'ining bank kassasiga kirim qilinishi: faqat Bosh daftarda
milliy valyuta bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Vakolatli banklaming bo'linmalari rezident jismoniy shaxslarga chet el
valyutasini sotishni almashlash punktlari orqali amalga oshiradilar. Naqd chet el
valyutasini sotishga oid operatsiyalaming amalga oshirilishi chog'ida quyidagi
buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: almashlash punktining xodimiga naqd chet
el valyutasining hisobot uchun berilishi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Sotilgan chet el valyutasi summasiga: faqat Bosh daftarda AQSh dollari
bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
Chet el valyutasining qoldig'i bank kassasiga kirim qilinadi: faqat Bosh daftarda
AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 10103- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Undiriladigan komission taqdirlash summasiga: faqat Bosh daftarda milliy
valyuta bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 45405- “Pul almashtirish shaxobchalaridagi naqd pullar”.
Sotish kursi bilan sotib olish kursi o'rtasidagi musbat kursdagi farq summasiga,
ya’ni daromad summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Markaziy bank kursi bilan sotish kursi o'rtasidagi musbat kursdagi farq
summasiga nisbatan: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”,
Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Markaziy bank kursi bilan sotish kursi o'rtasidagi manfiy kursdagi farq
summasiga: faqat Bosh daftarda milliy valyuta bo'yicha,
Dt 55302- “Spot” bitimlari bo’yicha xorijiy valyutalarda ko’rilgan zararlar,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari”.
Bank bo'linmalari ham o'zining, ham boshqa (shu jumladan, xorijiy va xalqaro)
banklar, tashkilotlar, uyushmalar va to'lov tizimlari jamiyatlari tomonidan


emissiyalangan, rezident va norezident jismoniy shaxslaming debet va kredit
kartochkalari bo'yicha naqd chet el valyutasining berilishi va qabul qilib olinishiga
oid operatsiyalami amalga oshiradilar. Mazkur vakolatli bank tomonidan
emissiyalangan debet va kredit kartochkalariga oid hisobvaraqlarga kirim qilinishi
uchun rezident va norezident jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasining qabul
qilib olinishi mijozning arizasi bo'yicha uning talab qilib olingunigacha depozit
hisobvarag'iga asosan amalga oshiriladi, keyinchalik debet va kredit kartochkalariga
kirim qilinadi. Operatsiyalar quyidagi provodkalar asosida rasmiylashtiriladi: faqat
Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 20206- “Jismoniy shaxslaming talab qilib olinguncha saqlanadigan
depozitlari”.
Vakolatli banklar debet va kredit kartochkalari bo'yicha hisobvaraqlardan
mablag'laming berilishini mijozning arizasiga asosan chet el valyutasidagi to'lov
hujjatlari asosida amalga oshirishlari mumkin. Bir vaqtning o‘zida mijozning iltimosi
bo'yicha 09006-son sh. bo'yicha (3-son ilova) xorijga naqd chet el valyutasining olib
chiqib ketilishiga ruxsatnoma ham berilishi mumkin. Vakolatli banklar naqd chet el
valyutasini yuridik va jismoniy shaxslaming depozit hisobvarag'iga qabul qilib
olishni amalga oshiradilar. Naqd valyutaning kassaga qabul qilinishi: faqat Bosh
daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”,
Kt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”.
Banklar yuridik shaxslarga xizmat safarlariga oid harajatlarga doir naqd chet el
valyutasining berilishini, ulaming arizalariga va amaldagi qonunchilikka binoan,
tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiradilar. Bunda quyidagi buxgalteriya
yozuvlari amalga oshiriladi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari bo'yicha,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Vakolatli banklar naqd chet el valyutasini qonunchilikda va O'zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining me'yoriy hujjatlarida ko'zda tutilgan boshqa
maqsadlar uchun ham berilishini amalga oshirishlari mumkin. Mijozning iltimosiga
ko'ra naqd chet el valyutasining chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishi uchun
ruxsatnoma beriladi. Rezident jismoniy shaxslaming hisobvaraqlaridan mablag'lar
ulaming arizalariga binoan naqd chet el valyutasi ko'rinishida belgilangan tartibda
ariza taqdim etilgan kundan keyin keluvchi kundan kechiktirmasdan (chet el
valyutasidagi to'lov hujjatlari asosida) to'lanishi mumkin. Operatsiya quyidagi
buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: faqat Bosh daftarda AQSh dollari
bo'yicha,
Dt 20200-“Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”,
Kt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”.
Hisobvaraqlardan mablag'lar ular egalarining xohishlariga ko'ra "VISA "
xalqaro plastik kartochkalari, yo'l cheklari bilan berilishi yoki naqdsiz tartibda
chegaradan tashqariga hisoblab o'tkazib berilishi mumkin. Naqd chet el valyutasining
chegaradan tashqariga olib chiqib ketilishiga oid ruxsatnomalar fuharolaming


iltimoslari bo'yicha ular tomonidan vakolatli banklardan naqd chet el valyutasidagi
kreditlaming olinishi chog'ida berilishi ham mumkin.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin