T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Valyuta operatsiyalarining turlari va ularning hisobini tashkil



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
Data

6.2. Valyuta operatsiyalarining turlari va ularning hisobini tashkil
etishning o'ziga xos xususiyatlari
Valyuta operatsiyalarining quyidagi turlari mavjud: «spot» bitimi — bu hisob-
kitoblar shartnoma tuzilgandan keyin ikki ish kuni davomida, bitim tuzilgan sanada
belgilangan kurs bo'yicha oshiriladigan bitimdir; «forfard» bitimi - bu shartnoma


bo'yicha hisob-kitob ikki kundan keyin ma'lum muddat ichida, u tuzilgan sanada
belgilangan kurs bo‘yicha amalga oshiriladigan bitimdir; «svop» bitimi - bu ikki
tomonlama davriy to'lovlar majburiyatini amalga oshirishga asoslangan kelishuv
bo'lib, «spot» va «forfard» bitimlari kombinatsiyasini tashkil qiladi; «optsion» bitimi
- bu ma'lum miqdordagi chet el valyutalarini muayyan vaqt davomida yoki ma'lum
bir sanagacha belgilangan narx bo'yicha sotib olish («optsion-koll») yoki sotish
(«optsion-put») huquqini beruvchi bitimdir. «Optsion» bitimi bo'yicha berilgan
huquq ishlatilishi yoki ishlatilmasligidan qat'iy nazar, sotib oluvchi «optsion»ni
sotuvchiga mukofot to'laydi.
O'zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi ko'p
valyutali tizimga asoslangan. Ushbu tizimning asosiy maqsadi bankning valyuta
pozitsiyasi (mavqei) ustidan boshqaruv va nazorat o'matishdir. Ko'p valyutalik
tizimning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- banklarda mavjud har bir valyuta turi (so'mlar, AQSh dollarlari, evro, Yaponiya
ienasi va shu kabilar) bo'yicha dasturiy tarzda alohida Bosh kitob (BK ) yuritaladi,
ya'ni bank oborotida valyutalaming nechta turlari bo'lsa, shuncha Bosh kitoblar
yuritiladi. Har bir BKda bank operatsiyalari hisobining to'liq yuritilishini ta'minlash
uchun zarur bo'lgan miqdorda balans hisobvaraqlari ochiladi. Har bir balans
hisobvarag'ida analitik hisobni tashkil qilish uchun esa, o'z navbatida, operatsiyalar
turlari va boshqa belgilar bo'yicha kerakli miqdordagi yordamchi kitoblar ochiladi;
- har bir valyuta turi bo'yicha ikkita hisobvaraq yuritiladi: 17101- “Valyuta
pozitsiyasi hisobvaraqlari” - «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari» va 17101- “Valyuta
pozitsiyasi hisobvaraqlari”
- «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlarining so'mdagi
ekvivalenti». Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari bankning chet el valyutasidagi
aktivlari yoki majburiyatlari bo'lib hisoblanmaydi, balki bankning aktivlari va
majburiyatlari o'rtasidagi farqni aks ettiruvchi nazorat hisobvaraqlaridir. Pozitsiya
hisobvaraqlari
bo'yicha buxgalteriya yozuvlari
faqat valyuta ayirboshlash
operatsiyalarida, chet el valyutasida olingan daromad va xarajatlami so'm
ko'rinishida konvertatsiyalashda, chet el valyutasiga asosiy vositalar sotib oldinganda
va ayirboshlash operatsiyalarida amalga oshiriladi;
- operatsion kun oxirida valyuta pozitsiyasining so'mdagi
ekvivalenti
hisobvaraqlari valyutadagi pozitsiya hisobvaraqlari bilan taqqoslanadi, aniqlangan
farq esa shu davrdagi bank daromadlari va xarajatlari bo'lib hisoblanadi;
- bankning asosiy vositalari, daromadlari va harajatlarining hisobi faqat milliy
valyutada yuritiladi;
- valyuta kross-operatsiyasi ikkita valyutani o'z ichiga oladi va buxgalteriyada
quyidagi tartibda aks ettirilishi lozim:
a) ikki xil valyutani o'z ichiga oladigan operatsiyalar ushbu valyutalardagi har
bir bosh kitobda valyuta pozitsiyasining tegishli hisobvaraqlariga aloqador bo'lgan
buxgalteriya yozuvlari yordamida balanslanadi;
b) chet el valyutasi va so'mda amalga oshirilgan operatsiyalar chet el
valyutasidagi bosh kitobda va so'mdagi bosh kitobda qayd etiladi;


v) ikki turdagi chet el valyutalarida amalga oshirilgan operatsiyalar ushbu ikki
valyutaga tegishli bosh kitoblarga qayd etiladi.
Chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passiv hisobvaraqlar qoldiqlarini qayta
baholash valyuta kursi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda yoki zararlami aniqlash va
moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida har bir oyning oxirgi ish kunida,
shuningdek, jamlama balans hisobotini olish maqsadida oyning istalgan kunida
o'tkaziladi. Har ikki holda ham bir xil qayta baholash qoidalari qo'llaniladi.
Buning uchun chet el valyutalari bo'yicha barcha Bosh kitoblardagi hamma
hisobvaraqlaming qoldiqlari Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo'yicha
quyidagi tartibda so'mga aylantiriladi:
a) bankning chet el valyutasidagi aktiv va passivlari (quyidagi b bandda
ko'rsatilgan aktivlar va passivlardan tashqari) balans tuzish sanasida shu sanadagi
Spot kursi asosida qayta baholanadi;
b) Ustav kapitali oldingi (dastlabki) qiymati bo'yicha, ya'ni Ustav kapitaliga
mablag'lar kiritilayotgan kundagi Spot kursi bo'yicha qayta baholanadi. Agarda
Ustav kapitali bir necha marta to'ldirilgan bo'lsa, unda qayta baholash maqsadida har
bir hoi uchun to'ldirilgan kundagi summa va Spot kursiga alohida yangi shaxsiy
hisobvaraq ochiladi.
Qayta baholash har kuni buxgalteriya yozuvlarisiz dasturiy tarzda faqatgina
jamlama balans hisobotini tuzish uchun o'tkaziladi. Qayta baholangan aktiv va
passivlaming ikkita yakuniy summalari o'rtasidagi farq valyuta bo'yicha kitobdagi
valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi qoldig'ini o'zida aks ettiradi.
Har oyning oxirida moliyaviy hisobotda qayd etish uchun qayta baholash
natijasida ko'rilgan foyda va zararlar aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida ko'rilgan foyda va zararlami aniqlash tartibi
quyidagicha:
a) alohida valyutalaming Bosh kitoblari ma'lumotlaridan kelib chiqqan holda
balans tuzish sanasidagi har bir valyuta bo'yicha aktiv va passivlaming barcha
qoldiqlari jamlanadi. Aktiv va passivlar yakuniy summalari o'rtasidagi farq ushbu
Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i qoldig'iga tenglashtirilishi lozim;
b) chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passivlar tegishli ravishda yuqorida
begilangan kurslar asosida so'mga aylantiriladi;
v) qayta baholangan aktiv va passivlaming ikkita yakuniy summalari orasidagi
farq valyuta bo'yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi qoldig'ini
o'zida aks ettiradi.
Bu yangi qoldiq so'm bo'yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining
tegishli qoldig'i bilan taqqoslanadi. Olingan farq qayta baholashdan keyingi foyda
yoki zarami tashkil etadi va mos ravishda quyidagi buxgalteriya yozuvi asosida aks
ettiriladi:
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi” hisobvaraqlari,
Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.
Yoki,
Dt 55302- ““Spot” bitimlari bo'yicha xorijiy valyutalarda ko'rilgan zararlar”,
Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi” hisobvaraqlari.


Bunda so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i chet el
valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi
qoldig'iga mos kelgunga qadar doimiy ravishda tartibga solinib turiladi. Debet yoki
kredit buxgalteriya yozuviga muvofiq bunday tartibga solinish natijasida qayta
baholashdan olingan foyda yoki zarar aniqlanadi. Ustav kapitalining valyuta qismiga
teng valyutadagi aktivlami qayta baholash natijasida boMgan farq so‘m bo‘yicha
kitobda 30906 -"Devalvatsiya uchun zahira" balans hisobvarag'ida aks ettiriladi va
qayta soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.
Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda foyda olinadi: agar chet el valyutasi
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i
so'm bo'yicha valyuta pozitsiyasi hisobvarag’ ining korrespondent debet qoldig'idan
ortiq bo'lsa; agar chet el valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi
hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta
pozitsiyasi hisobvarag'ining korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan kam
bo'lsa.
Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda zarar ko'riladi: agar chet el valyutasi
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i
so'm
bo'yicha
Bosh
kitobdagi
valyuta
pozitsiyasi
hisobvarag'ining
korrespondentsiyalanuvchi debet qoldig'idan kam bo'lsa; agar chet el valyutasi
bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i
so'm
bo'yicha
Bosh
kitobdagi
valyuta
pozitsiyasi
hisobvarag'ining
korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan ortiq bo'lsa.
Asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklar (xo'jalik inventari, materiallar,
arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar va boshqalar) ko'rinishidagi
aktivlar,
shuningdek, valyuta mablag'lari hisobiga shakllangan nomoddiy aktivlar operatsiya
amalga oshirilgan kundagi Spot kursi bo'yicha qayta baholanadi va so'mning joriy
kursi chet el valyutasiga nisbatan o'zgarishi tufayli o'tkaziladigan keyingi qayta
baholashlar unga tegishli bo'lmaydi, chunki valyuta pozitsiyasi darhol mablag' mol
etkazib beruvchiga o'tkazish vaqtida yopiladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin