T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


- Bob. Banklarda hujjatlashtirish va hujjat aylanishi



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/109
tarix27.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#200006
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Data

- Bob. Banklarda hujjatlashtirish va hujjat aylanishi
2.1. Banklarda ish kuni va hujjatlar aylanishini tashkil etish
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank
tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari
dastlabki va joriy nazoratdan o ’tkazilib, ular o ’z vaqtida ijro etilishi, ya'ni
hisobvaraqlar b o ’yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans
hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha
operatsiyalar yakuniy nazoratdan o ’tkazilishi shart.
Har bir bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni
davomida mijozlarga xizmat ko’rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil
belgilaydi:
- banklar yangi ish kunini O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob-
kitob markazida ochilgan tashqi ("21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag’i")
vakillik hisobvarag’ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o ’zlarining
ichki ("10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i") vakillik hisobvarag’ining
aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va
tashqi vakillik hisobvarag’i aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash
uchun HKM ga elektron fayl yuboradi;
- HKM tijorat banklari yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning
tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi
hamda ulami mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq


summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni
ochilmaydi hamda banklararo to ’lovlami amalga oshirishga ruxsat etilmaydi;
- HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so’ng, banklarga banklararo to ’lovlami
amalga oshirish uchun ruxsat beriladi;
- filiallari mavjud bank filiallariga "To’lov markazi”da ochilgan tashqi ("22204-
Bosh bank-filiallarga to ’lanadigan mablag’lar") va filiallarda ochilgan ("16103-Bosh
bank / filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha olinadigan
m ablag’lar") ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh
bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag’i (16103) va
"To’lov markazi"da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag’i o ’rtasida farq
mavjud bo’lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo
to ’lovlami amalga oshirish va yangi kunga o ’tib ishlashga ruxsat etilmaydi;
- O ’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish
kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo’lsa filiallararo va ichki to ’lovlar
bank ish kuni davomida soat 17-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to ’lovlar
bir bank mijozlari o’rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o’z mijozlaridan
to’lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o ’zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki
to’lovlar qatoriga kassa amallari, to ’lanishi va olini shi lozim bo’lgan foizlar hisobini
hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o ’xshash amallar kiradi;
- banklararo to ’lovlar bo’yicha banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni
davomida qabul qilingan to ’lov hujjatlari bo’yicha buxgalteriya o ’tkazmalarini bank
ish kunining soat 15-00 ga qadar amalga oshirib soat 16-00 ga qadar HKMga etkazib
berishlari kerak, aks holda banklararo to’lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan
amalga oshmay qolgan hujjat bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka
taalluqli bo’lmagan tashqi omillar mustasno;
- banklararo byudjet to ’lovlari HKMga soat 16-00 dan 16-30 ga qadar
yuboriladi, soat 16-30 dan kech yuborilgan banklararo byudjet to’lovlari HKM
tomonidan qaytarib yuboriladi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat
bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taallu?li bo’lmagan tashqi
omillar mustasno;
- banklar soat 16-30 dan to 17-00 ga qadar o ’zlarida byudjet to’lovlariga
ochilgan tranzit hisobvaraq qoldiqlarini HKM orqali O ’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalar HKMlarida ochilgan byudjet tranzit
hisobvarag’iga o ’tkazishlari shart. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat
bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo’lmagan tashqi
omillar mustasno;
- HKM banklarga banklararo to’lovlar tugaganligi to ’g’risida ma'lumotni soat
17-20 da jo ’natadi, shundan so’ng banklar o’rtasida banklararo to’lovlar to’xtatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan
uzaytirilmagan bo’lsa, bank shu kunning o’zida bank ish kuni yakunlangandan so’ng,
ya'ni soat 18-00 dan so’ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank
ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo’lsa keyingi bank ish kuni soat 10-
00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini
j o ’natadilar.


Banklarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to’liq aks
ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh
buxgalteri tomonidan imzolangandan so’ng yakunlanadi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin