Dt 29816 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar" hisobvarag’i,
Kt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari" hisobvarag’i.
Agar qayta sanash kassasida naqd pul mablag’lari kamomad chiqqanligi
aniqlansa, belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi
amalga oshiriladi:
Dt 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar"
hisobvarag’i,
Kt 19903 - "Inkasso qilingan pul tushumlari va cheklar" hisobvarag’i.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi ushbu bank
mijoziga tegishli bo’lsa va u mijozning hisobvarag’idan shartnomada kelishilgan
shartlarga binoan undirib olinganda, quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga
oshiriladi:
Dt "Mijozning depozit hisobvarag’i",
Kt 19935- "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar"
hisobvarag’i.
Bankning qayta sanash kassasida aniqlangan kamomad summasi boshqa bank
mijozining 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari" balans hisobvarag’idan shartnomada kelishilgan shartlarga asosan undirib
olinganda, quyidagi buxgalteriya o ’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 29804 - "Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va
cheklari" hisobvarag’i,
Kt 19935 - "Qayta sanash vaqtida aniqlangan naqd pul bo’yicha kamomadlar"
hisobvarag’i.
Dostları ilə paylaş: